

Vitinyaning agenti bo'lgan Jorje Mendesh Parij klubidan portugaliyalikning ehtimoliy transferi bo'yicha "Real" bilan muzokaralarga ochiq bo'lishni so'ragan. Biroq parijliklar yarim himoyachini 100 million evrodan kamiga sotmaydi.
Joriy mavsumda Vitinya PSJ safida 45 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.



