Ixtiyor Toshpo'latov Dinamodan Metallurgga o'tdi

Alisher
17 yanv 2020
Dinamo klubi yarim himoyachisi Ixtiyor Toshpo'latov 2020 yilgi mavsumni boshqa jamoa safida o'tkazadi.

Dinamo klubi 26 yoshli futbolchi borasida Metallurg klubidan tushgan taklifni qabul qildi. Muzokaralardan keyin Ixtiyor Toshpo'latov Samarqand klubidan Bekobod jamoasiga transfer qilindi.

Ma'lumot uchun, Ixtiyor Toshpo'latov 2019 yilgi mavsumda Dinamo safida Superliganing barcha 26 o'yinida ham maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qilgan.

Dinamo PFK hamkorlik uchun Ixtiyor Toshpo'latovga minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz