"Fanat Superliga". "Qizilqum" – "Paxtakor" 3:2

Narzulla Saydullayev
30 mar 2020, 17:45
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Qizilqum" – "Paxtakor"

"O'yin" soat 17:45da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. 

1-savol: Gollandiyaning "Feyenoord" klubiga transfer qilingan har bir yangi futbolchi stadionga qay tarzda tashrif buyuradi? Javob: Yangi futbolchilar "Feyenoord"ning uy stadioni bo'lgan "De Kuyp"ga vertoletda uchib kelib osma zina orqali maydonga tushib kelishadi.  ( MMMReal  "Paxtakor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: EVRO-2004 doirasidagi Bragada o'tgan Niderlandiya hamda Latviya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin vaqtida to'p mana shu narsaga tegib yorilib ketgan. To'p aynan nimaga tegib yorilganini yozing. Javob: To'p qoya (tog')ga tegib yorilib ketgan. Ushbu o'yin bo'lib o'tgan Bragadagi stadion shundoqqina tog'ning yonginasida joylashganini ko'pchilik bilsa kerak.   (Temurbek Valiev  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA reytingidagi eng past o'rni nechanchi o'rin? Javob: 119  (JS  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 2002 yil Oliy ligada bronza medalini qo'lga kiritgan klub qaysi?  Javob: “Qizilqum” (Ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishdi)

O'yin tugadi. "Qizilqum" – "Paxtakor" 3:2


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia