Coca Cola Superligasi. Bugun "Navbahor" - "Paxtakor" va yana ikki o'yin bor

Narzulla Saydullayev
15 sen 2019, 08:57
Bugun Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan so'nggi uchta o'yin bo'lib o'tadi.

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor”
15 sentyabr 2019 yil. Qo'qon, "Markaziy" stadioni. 16:15
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Doniyor Saylavov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Sardor Nadjafaliev
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Oxirgi ikki turni o'z maydonida o'tkazgan klublar o'rtasidagi uchrashuv.

Bu jamoalar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida 9 marta ro'baro kelishgan. Uchrshuvlarning ettitasida “Bunyodkor” g'alabaga erishgan. Ikki uchrashuvda "Qo'qon-1912" raqibdan ustun kelgan.

Birinchi davrada "Bunyodkor" "Qo'qon-1912"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

"Qo'qon-1912" Superligadagi so'nggi uchta o'yinnig barchasida g'alaba qozondi. "Bunyodkor" esa oxirgi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lmadi (bir g'alaba va bir durang).




“Navbahor” – “Paxtakor”
15 sentyabr 2019 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Baxtiyor Mametov

O'zbekiston chempionatiga asos solinganidan buyon unda uzluksiz ishtirok etib kelayotgan ikkita klub o'rtasidagi bahs. Shota Arveladze yana Andrey Kanchelskisga qarshi.

"Paxtakor" bu mavsum mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi. "Sherlar" safarda 8ta o'yin o'tkazib bitta durang o'ynashdi va qolgan barcha uchrashuvda g'olib bo'lishdi. Safarda eng kam gol o'tkazgan klub ham "Paxtakor" (3ta).

"Navbahor" Superligada oxirgi 5ta turda faqat bitta g'alabaga erishdi xolos.

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida 57 marta o'zaro o'yin o'tkazgan. 35 marta toshkentliklar, 13 marta namanganliklar g'olib chiqishgan. Qolgan 9ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Dastlabki davrada Toshkentdagi o'zaro o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.




“Lokomotiv” – “Metallurg”
15 sentyabr 2019 yil. Toshkent, "Lokomotiv" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Abbos Ahrorov

"Paxtakor"da bir necha yillar davomida birga ishlagan Samvel Babayan va Andrey Shipilov bir-biriga qarshi.

“Lokomotiv” shu paytga qadar “Metallurg”ga qarshi 31ta o'yin o'tkazgan. O'zaro uchrashuvlarning 18tasida “temiryo'lchilar” zafar quchgan. 4ta bellashuvda esa “konchilar”ning “qo'li baland” kelgan. Yana 9ta o'yin durang bilan nihoyasiga etgan.

Dastlabki davrada Bekobodda o'tgan uchrashuvda hisob ochilmagan edi - 0:0.

"Lokomotiv" bu mavsum o'z maydonida 10ta o'yin o'tkazdi va umuman yutqazmadi. "Metallurg" esa safardagi 9ta o'yinning faqat bittasida g'olib bo'ldi.

Ortda qolgan 18ta turdan so'ng "Lokomotiv" o'z maydonida eng kam gol o'tkazgan klub bo'lib turibdi - 5ta.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia