"Al Ittihod" Fransiya terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyul 2024, 20:00
"Al Ittihod" "Aston Villa" va Fransiya termasi a'zosi Mussa Diabi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Saudiyaliklar ilk taklifida 50 million evro + bonuslar taklif qilgan. Ayni damda muzokaralar davom etmoqda. Futbolchining o'zi klubini alishtirishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Diabi "Aston Villa"ga 2023 yil iyul oyida "Bayer"dan ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. O'tgan mavsum 25yoshli vinger barcha musobaqalarni inobatga olganda 54 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali froanciyalikni 55 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо