So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  29 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Zoran Marushich: "Chempionlik va kubokni Farg'onaga olib kelish uchun hamma narsa qilamiz" Yangiliklar

Zoran Marushich: "Chempionlik va kubokni Farg'onaga olib kelish uchun hamma narsa qilamiz"

Superliganing 4-turiga kelib "Neftchi" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

"Navbahor" raqiblik qilgan o'yinda farg'onaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng jamoaning serbiyalik hujumchisi Zoran Marushich fikrlarini bildirdi. 

- O'yin qanday o'tdi?

- O'yin biz uchun yomon boshlandi. Birinchi bo'limdan keyin hisob 0:1 edi. O'yinga qaytish va g'alaba qozonish oson bo'lgani yo'q.

- Jamoa o'yinda ikki bor hisobda ortda borayotganiga qaramay yakunda kambek qila oldi. "Navbahor"ning qaysi kamchiliklaridan "Neftchi" foydalandi?

- Bizga muxlislarning katta qo'llab-quvvatlashi yordam berdi. Ularning ishonchi tufayli bunga erishdik. Sizlarga bir narsani aytaman, muxlislarning olqishlarisiz maqsadimizga erisha olmaymiz. Biz yanada kuchliroq va yaxshiroq bo'lamiz. Imkoniyatlarimiz bundan ham ko'proq bo'ladi. 

- "Neftchi" chempionatni kutilganidek boshlamadi. Bu esa muxlislarda noroziliklarni keltirib chiqardi. Lekin 3 ta durangdan 2 tasi mehmonda qo'lga kiritildi. Sizningcha natijalar haqqoniymidi?

- Afsuski, chempionatni o'zimiz kutgandek boshlay olmadik. Gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo to'p shunchaki darvozaga kirishni istamadi. O'zbekiston chempionati hamma kutganchalik oson liga emas. Bu yil mavsum juda qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. 

- 2022 yil "Navbahor" bilan chempion bo'lish imkoniyati bo'lgan sizda. Lekin har qancha urinish bo'lmasin Namanganda bu vazifa uddalanmadi. Farg'onada chempionlik imkoniyatlari qanday?

- 2022 yil ajoyib jamoamiz bor edi. O'shanda maqsadimizga erisha olmaganimizdan afsuslanganman. "Paxtakor" bizdan atigi bir ochko oldinda edi. Bu ularga chempionlik uchun etarli bo'lgan. "Navbahor" 2023 yilda xuddi o'sha tarkibni saqlab qolganida imkoniyatlarimiz yuqoriroq bo'lardi. Bu yil jamoadagilar bilan Namanganda qolib ketgan ishimizni bajarishga harakat qilamiz, chunki "Neftchi" bunga loyiq jamoa. 

- Shunga qaramay "Nasaf" bilan Superligada g'olib chiqdingiz. Sizda o'ziga hos ruhiyat va immunitet shakllangan...

- "Nasaf" boshidanoq oldiga aniq maqsad qo'ygandi. Klub tarixda birinchi marotaba chempionlikni qo'lga kiritdi. Futbolchila buni his qilgan holda har bir o'yinga yuz foiz motivaciya bilan tushdi. Endi "Neftchi"da ham shunday motivaciyamiz bor. Jamoani chempion qilish va kubokni Farg'onaga olib kelish uchun hamma narsani qilamiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика