"Yuventus" "Real" himoyachisiga qiziqmoqda
20 iyu 2019 17:38
Yangiliklar
"Yuventus" "Real" himoyachisiga qiziqmoqda
Italiya klubi futbolchini yozgi transferlar oynasida olish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda. Sal oldinroq, "Yuventus" "Real"ning 30 yoshli himoyachisi Marseloga qiziqib ko'rdi, ammo turinliklarning diqqatini ko'proq yosh futbolchi tortmoqda. "Real" futbolchining sotuvi uchun 30 million evroga rozi bo'lishi mumkin.
Ernandes "Real"ga 2017 yozda "Atletiko" klubidan kelib qo'shilgan edi. O'shanda uning transfer summasi 24 million evroni tashkil etgan. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum "Real Sosedad"da ijara asosida harakat qildi. Klub safida La Ligadaning 24ta o'yinida qatnashib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yozda o'z yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, Teo oldinroq "Atletiko"dan "Bavariya"ga o'tgan Lukas Ernandes bilan aka-ukadir.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar