"Yuventus" "Manchester Yunayted"ga Grinvud bo'yicha taklif jo'natdi
12 iyu 2023 23:25
Yangiliklar
"Yuventus" "Manchester Yunayted"ga Grinvud bo'yicha taklif jo'natdi
Futbolchiga "Atalanta" va APLning bir necha klublari ham qiziqmoqda.
"Yuventus" klubi "Man Yunayted"ga Meyson Grinvud bo'yicha taklif jo'natdi. 21 yoshli yarim himoyachi ayni damda o'z qiz o'rtog'ini zo'rlashda ayblanganligi sababli mashg'ulotlardan chetlatilgan. Garchi, undan barcha ayblovlar olib tashlashgan bo'lsa ham bu qaror o'zgarishsiz qolmoqda. Klub hozirda futbolchining holati bo'yicha izlanish olib bormoqda. Avvalroq, MYU Grinvudni ijaraga berishga tayyor ekanligi xabar qilingandi. Erik ten Xag futbolchining sotilishiga qarshi chiqqandi.
La Repubblica malumotlariga ko'ra, "Yuventus" MYUga Grinvud bo'yicha so'rov jo'natgan. Bundan tashqari, futbolchiga APL klublari va "Atalanta" qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar