"Yuventus" "Lacio" etakchisi bilan kelishib oldi
09 iyu 2023 11:33
Yangiliklar
"Yuventus" "Lacio" etakchisi bilan kelishib oldi
"Yuventus" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan shaxsiy kelishuvga erishib oldi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. "Keksa sinora" serbiyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma va mavsumiy 5,5 mln evro maosh taklif qilgan.
Endi klublar o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Biroq Rim klubi Sergey Milinkovich-Savich bilan hayrlashishni istamayapti. Biroq u kelasi mavsumda erkin agentga aylanadi. SHuni hisobga olgan holda "Yuventus" transfer uchun 30 mln evro to'lashga tayyor turibdi.
Rimliklar tarkibida 8 mavsumdan buyon harakat qilayotgan Milinkovich-Savich 341 o'yinda qatnashib, 69 gol va 59 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar