"Yuve" va "Zenit"ning Azmun borasidagi muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Klublar narx borasida kelisha olishmayapti
20 jan 2022 18:01
Yangiliklar
"Yuve" va "Zenit"ning Azmun borasidagi muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Klublar narx borasida kelisha olishmayapti
"Zenit" forvardi Serdar Azmunning qishki transfer oynasida "Yuventus"ga o'tishi qiyin masala.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. "Zenit" iyunda shartnomasi tugaydigan 27 yoshli eronlik uchun 5 mln evro so'ramoqda.
"Yuve" yozda u bilan tekinga shartnoma imzolash imkoniga egaligi sabab bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas. Turinliklar hozirda kamroq tovon puli to'lashga tayyorlar.
Azmun joriy mavsum RPL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar