"Yozyovon-Lochinlari" ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
01 mar 2019 19:17
Yangiliklar


"Yozyovon-Lochinlari" ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik olib borayotgan jamoamiz qishki yig'in davomida bir qator futbol klublari bilan nazorat sinov uchrashuvlarini o'tkazdi.
SHuningdek jamoamiz Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" musobaqalarida ham faol tarzda ishtirok etdi.
Mavsum avvalida yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida jamoamiz vakillari yana ikkita nazorat-sinov uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqdalar. Jumladan 6 mart kuni Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuv tashkil etilsa, 7 mart sanasida Farg'onaning "Neftchi" (U-21) jamoasi bilan nazorat-sinov uchrashuvi tashkil etiladi. Eslatib o'tamiz 6-7 mart kuniga belgilangan uchrashuvlar soat 11:00da Yozyovon tumanidagi "Markaziy" o'yingohda boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar