So’nggi yangiliklar

09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  0 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  3 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  1 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  2 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  236 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16

Yorqin Nazarov: "Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi"

"Turon" hamda "Nasaf" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi chorak final uchrashuvidan (1:2) so'ng mezbon jamoa ustozi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yorqin Nazarov: "Bugungi bahsda yigitlarga etiroz bildira olmayman. Ular borini berib harakat qilishdi. Deyarli har o'yin tarkibimizda yoshlar debyut qilishmoqda. Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi. Keyingi bahslarga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz".

- Bugun 88-raqamdagi Sardor Sadullaev ilk bor asosiy tarkibda o'ynadi, u haqida qanday fikrdasiz?

- Yaxshi fikrdaman. Har doim takrorlayman, kim o'zini ko'rsata olsa, o'sha maydonga tushaveradi. Sadullaev ishonchni oqladi. Uning bugungi o'yinidan mamnunman.

- Yorqin Nazarov SSSR chempionatida "Paxtakor" tarkibida o'ynab, gol urgan ekan. SHu haqida malumot berishingizni muxlislar so'rashgan ekan.

- To'g'ri, "Paxtakor" safida oxirgi chempionatda men va Valeriy Kechinov zaxirada edik. O'sha payt o'smir edik. Sobiq Ittifoq chemionatida o'ynadim, Kechinov bilan birga 18 yoshda O'zbekiston chempioni bo'lganmiz. O'smirligmizga qaramay, jamoaning deyarli barcha bahslarida maydonga tushganmiz. Birinchi golimni "Metallurg"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib urganman. O'sha payt tarkibda Gennadiy Denisov, Igor SHkvirin, Xoren Aganesyan, Mirjalol Qosimov kabi yulduzlar bo'lardi. "Paxtakor" safida ikki marta O'zbekiston chempioni va ikki marta Kubok sohibi bo'lganman.

- Abega bugun o'z o'yinini ko'rsata olmadi, nega uni almashtirmadingiz?

- Asosiy tarkibda maydonga tushganlar asosan "qora" ishni bajarishlari kerak edi, ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirishni reja qilgandik. Ekstra taymlar bo'lishini o'ylab, o'zgarish qilmayotgandik, biroq so'nggi daqiqada gol o'tkazib yubordik.

- Jamoa ikki o'yindan beri so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuboryapti. Buning ustida ishlanadimi?

- "Turon"ning jismoniy holatida muammo bor, oxirgi daqiqalarda kuch etmay qolyapti, buning ustida ishlaymiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика