Yorqin Nazarov: "Kattaqo'rg'on" Pro ligada har bir raqibga munosib qarshilik ko'rsatadi"
16 fev 14:07
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Kattaqo'rg'on" Pro ligada har bir raqibga munosib qarshilik ko'rsatadi"
Chempionatda ishtirok etadigan yangi jamoalar orasida Samarqand viloyati vakili "Kattaqo'rg'on" ham bor. Klubga tajribali mutaxassis Yorqin Nazarov bosh murabbiy sifatida rahbarlik qilmoqda. Biz murabbiy bilan jamoaning tayyorgarlik jarayoni, selekciya ishlari va yangi mavsumdagi maqsadlar haqida suhbatlashdik.
— Yangi mavsum oldidan jamoadagi ish jarayonlari qay darajada ketmoqda?
— Yangi jamoa shakllanyapti, shu bois ishlarimiz ancha ko'p. Birinchi ligadan Pro ligaga chiqdik. Tabiiyki, bu bosqichda tarkibni qayta qurish zarur. Hozir mashg'ulotlar, tayyorgarlik jarayoni va nazorat uchrashuvlari Toshkentda olib borilmoqda. Barcha ishlar reja asosida ketyapti, jamoada ijobiy muhit shakllanmoqda.
— Selekciya jarayoni haqida nima deysiz?
— Yig'inlar davomida ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazdik. Ularning harakati, maydondagi fikrlashi va intizomiga etibor qaratdik. Legionerlar masalasi ham dolzarb. Ayrim nomzodlar bilan muzokaralar ketmoqda. Bu jarayon oson emas, chunki har qanday yaxshi futbolchi emas, balki jamoa o'yiniga mos keladigan o'yinchilarni tanlash muhim.
— Murabbiylar shtabida qanday yangiliklar bor?
— Shtabimizga belaruslik mutaxassis qo'shildi. Bu esa jamoaning taktik va metodik jihatdan o'sishiga xizmat qiladi, deb o'ylaymiz. Shu bilan birga, yana bir necha mutaxassisni jalb qilish ustida ham ish olib borilmoqda.
— Yangi mavsumda Pro ligada raqobat qanday bo'ladi?
— 14 ta jamoa ishtirok etayotgani chempionatni yanada qiziqarli qiladi. Kamida beshta klub Superligaga chiqishni maqsad qilgan. Bu esa intrigani oshiradi va har bir uchrashuvni principial qiladi.
— Jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
— Biz har bir raqibga kurash taklif qilishni, Pro ligada munosib ishtirok etishni va bosqichma-bosqich yuqori maqsadlar sari harakat qilishni rejalashtirganmiz. Eng muhimi — barqaror o'yin va muxlislarni xursand qiladigan jamoa shakllantirish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
Jismoniy tayyorgarligi yuqori bo'lganda katta natijalarga erisha olardi.
Аллох насиб килса Каттакургон жамоаси Супер лига йуланмаси учун курашади.
Ёркин Ака бизни Каттакургон Футбол жаммоасига факат Супер лигага олиб чикувчи Мурабий керак.
Камандани судираб юрадиган Мурабий эмас.
МАКСАД Супер Лига.
Олга Каттакургоним.
Самарканд Вилояти Нуробод тумани Тим Кишлоги Ашадий Футбол Мухлислари сизларни КУЛЛАБ куватлаймиз