So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  3 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  117 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

“Yillar va yo'llar” (2-son). "Lokomotiv" sport direktori Ravshan Muqimov - metroda olingan maosh, klubning tashkil topishi va futbolimizning ertasi haqida Yangiliklar

“Yillar va yo'llar” (2-son). "Lokomotiv" sport direktori Ravshan Muqimov - metroda olingan maosh, klubning tashkil topishi va futbolimizning ertasi haqida

Sobiq futbolchilar, murabbiylar va futbol ichidagi odamlar bilan keng qamrovli suhbatlarni “Yillar va yo'llar” loyihasi sifatida etiboringizga havola qilib bormoqdamiz.

Loyihamizning navbatdagi mehmoni Toshkentning “Lokomotiv” klubi sport direktori – Ravshan Muqimov. Ushbu insonni futbolni kuzatib borayotgan ishqibozlar faqat “temiryo'lchilar” murabbiyi sifatida taniy boshlashgan. Garchi mana bir necha yildirki, sport direktori lavozimida mehnat qilib kelayotgan bo'lsada, uni hamon “Lokomotiv” tashkil topgandagi murabbiylik faoliyati orqali bilishadi. Ravshan Muqimov mana 20 yildirki faoliyatini aynan “Lokomotiv” bilan bog'lab kelmoqda. 

“Kundaligimizda 2 baho ko'rishsa, mashg'ulotga qo'ymas edi”

- Bolaligimdan futbol muhitida katta bo'lganman. O'zim labzaklikman, yonimizda “Spartak” stadioni bo'lardi. Endi o'sha vaqtda hamma “Paxtakor” jamoasida o'ynashga intilardi, desam mubolag'a bo'lmaydi. O'zim ham muxlis edim. Qolaversa otam Qobil Muqimov “Paxtakor”ning birinchi qaldirg'ochlaridan hisoblanardi. Jamoa  tashkil topgan ilk yillardan boshlab to'p tepganlar. Bolalik yillarim “Spartak” stadionida o'tdi. Keyinchalik 1 yil internat va “Paxtakor” futbol maktabida tahsil oldim. Hayotda ozgina o'zgarishlar yuz bergani bois mendan unchalik zo'r futbolchi chiqmadi. CHunki ishlashim kerak, otam olamdan o'tib ketgan kezlar edi. Birinchi navbatda hamma narsa yaratgandan. Baribir oxirida futbolga ishtiyoqim tortib ketdi. 

O'rni kelganda ustozlarimni aytib o'tsam, Ravshan aka Usmonxo'jaev, Karim akam, Mixail Delovlardan ko'p narsa o'rganganman. Tartib juda qattiq bo'lardi, deya olaman. Agarda kundaligimizda 2 baho ko'rishsa, mashg'ulotga qo'yishmasdi. Birinchi o'rinda yaxshi inson va o'quvchi bo'lishingiz kerak. Sportchiga aylanish keyingi darajada. Barchasi bir-biriga bog'liq. Daromad o'z yo'liga, lekin futbolchi bo'lish uchun munosib bo'lmoq lozim. Maktabimiz haqiqatdan ham zo'r edi. Sovet talimini olgan avlod tugadi. 2018 yildan so'ng shuning hisobiga pasayish yuz berdi.  Mening shaxsiy fikrim shunday. Yangi avlod chiqyapti, lekin kam. Mikael Sekeyra ham buni takidladi. Hozir iqtidorlarni daraxtga qaragandek etishtirishimiz zarur. Ularga yaxshi sharoitlar kerak. Futbolni oldin qiynalgan, mehnatdan qo'rqmaydigan odamlar o'ynardi.

“Maoshimizni metroda olar edik”

Futbolda hozirga kelib tushunib bo'lmaydigan teskarilik yuzaga kelgan. Oldinlari sharoit bo'lmagan yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Hozir esa sharoit bor futbolchilar chiqmayapti, deyishadi. Aslidachi? Ravshan Muqimov ushbu jarayonga quyidagicha munosabat bildirdi. 

- Menimcha yaxshi murabbiylar kam. Oldin murabbiylar ham, futbol maktablari ham kuchli bo'lardi. Hozirda ko'p murabbiylarning ustozi yo'q. Mayli internetdan o'rgansin, bunga fikrim yomonmas. Hamma ularni haqorat qiladigan bo'lib qolgan, yomon nom bilan tilga oladi. Kerak bo'lsa aql ham o'rgatadi. Murabbiy misol uchun quruvchini oldiga borib domni bunday qur yoki unday qur, demaydi-ku. Oldin hech kim hech kimga o'rgatmagan, chunki o'z ishining ustasi sanalgan. U odamga borib nimani o'rgatasiz? Men buni zamonga ag'darmayman. Kuchli murabbiylardan kuchli futbolchilar etishib chiqadi. Buning uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. SHundagina men talab qilib olaman. O'zim ham klubda murabbiylarga yomon gapirmayman. CHunki ularga yaxshi sharoit yaratib bera olmayapman. Harakat qilmoqdamiz. Ishlamoqdamiz. Lekin yaxshi kadr kam.

“Lokomotiv”ni Ravshan Muqimovdan yaxshi biladigan inson yo'q. Yuqorida takidlaganimizdek mazkur jamoada 22 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Ortda qolgan yillar mobaynida klub turli yo'llarni bosib o'tdi. Aslida bu yo'lning boshlanishi qanday bo'lgan? Ravshan Muqimov suhbat davomida “Lokomotiv” tashkil topgan ilk yillarni esga oldi. 

- Renat Abkelyamov birinchi ochilgan “Davr” jamoasiga taklif qildi. Jamoa bilan shahar birinchiligida ishtirok etardik. Xudo rahmat qilsin Mahmud aka Rahimov internatdan 1983 yilda tug'ilgan bolalardan iborat guruhni sotib oldi. Ularni Qibrayga joylashtirib, ikkinchi ligaga qo'ydik. Orada Mahmud aka vafot etdilar. Ularning ishlarini Bahodir aka Nazirov davom ettirishga qaror qildi. Yosh va juda yaxshi jamoa shakllantira oldik, deb o'ylayman. Tarkibimizda Ignatiy Nesterov, SHuhrat Yuldashev, Mahmud Yakubjanov, Samandar Akbarov, Baxtiyor Dadaxanov kabilar bor edi. Umuman “Davr”da yomon futbolchilar to'p tepmagan. 2002 yil birinchi ligaga chiqdik. SHu pallada bizni “O'zbekiston temir yo'llari” qo'liga oldi. Aynan shu yili “Lokomotiv” klubi ochildi. SHaxsan o'zim Ixtiyor degan bola bilan ro'yxatdan o'tkazib kelganmiz. SHu kungacha klubda ishlab kelmoqdaman. Hayot davom etyapti. Ishonsangiz ishni boshlaganimizda maoshimizni metroda olar edik. Metroda hamma yig'ilib maosh tarqatilardi. O'zimizning ofisimiz, stadionimiz bo'lmagan.

“Sport direktorligiga hech qaysi oliygohda o'qitmaydi”

Ravshan Muqimov bilan suhbat jarayonida sport direktori, degan tushunchaga batafsil javob olishni lozim, deb bildik. Sababi bugungi kunda bu atamani hamma turlicha targ'ib qilmoqda. Sport direktori deganda ayrimlar bosh direktorni tushunsa, yana bazilar o'zgacha talqin qiladi.

- Birinchidan sport direktori lavozimiga hech qaysi oliygohda o'qitishmaydi. Bu futbolni noldan yuzigacha bilishingiz kerak degani. Maktabimdagi guruhlarning yosh toifalari, futbolchilar, murabbiylarni, o'yinlarni nazoratga olishim kerak. PFL reglamenti bo'yicha futzal, ayollar jamoasi, asosiy tarkib, U-21, U-18, U-16 va boshqa jamoalarni bilishim lozim. Ko'ryapsizmi, hamma narsani bilish talab etiladi. O'yinchi, murabbiy tanlashda ham sport direktorining vazifalari bor. Deylik yangi mavsumda bosh murabbiy o'zining yordamchilari bilan keladi. Uning dasturi bo'yicha o'zimning g'oyalarim, siyosatimiz bilan kelishishimiz darkor. Agar murabbiy yomon ishlasa, birinchi navbatda men javobgar bo'laman. SHuning uchun menda zaxira bo'lishi lozim. Rahbariyat mendan talab qiladi. 

2011 yildan boshlab sport direktori sifatida ish boshlaganman. Menimcha ungacha bunday lavozim bo'lmagan. 2008 yil PFL ochilgacha sport direktori bo'lishini talab qildi. Bilasiz butun dunyoda sport direktorlari ko'p narsani hal qiladi. Ko'p mamlakatlarda bo'lganman. Ularda sport direktorlari asosan faqat bosh jamoa bilan ishlaydi. Har bir bo'limning alohida boshqaruvchilari bor. Vazifa va vakolatlarimizda farq katta. 2009 yilda klubda faqat asosiy va o'rinbosarlar jamoasi bo'lardi. Jami uzog'i bilan 60 kishi ishlardi. Hozir esa hisoblasam 500 kishini tashkil qilmoqda. 

“Lokomotiv” jamoasi so'nggi yillarda ko'p futbolchilarning xorijga yo'l olishida trampolin bo'lib kelmoqda. Oston O'runov “Ufa”ga, Sardor Mirzaev “Muangtong Yunayted”ga yo'l oldi. Lekin tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak o'z vaqtida Aziz Haydarov, Sahob Jo'raev kabi futbolchilar “Lokomotiv” orqali “Quruvchi”ga (hozirgi “Bunyodkor”) yo'l olgandi...

-  2004 yil jamoani Oliy ligaga To'ra SHoymardonov olib chiqdi. O'sha mavsum o'rinbosarlar jamoasi ham shakllantirildi. Tarkibda Timur Yafarov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Sobir Usmonxo'jaev o'rinbosarlar safida to'p tepardi. Qolaversa Ignatiy Nesterov ham bizdan ketgan. Uni “Dinamo”ga berganmiz, keyin “Paxtakor”ga o'tdi. Selekciya har doim yaxshi bo'lib kelgan. O'sha paytda xorijga ketadigan futbolchilar deyarli kam edi. Hozir futbolchilarni yomonlamayman. Lekin jamoadan o'tishlar ko'payib ketgan. Oldin bitta jamoada 5-6 yil o'ynashardi. Har bir viloyat jamoalarining o'zlarining nomdor futbolchilari bo'lgan. Ular o'sha klubdan etishib chiqqan. Borsangiz hurmat qilib borardingiz. Bugunga kelib futbol maktabidagi bola asosiy tarkibda o'ynayman, deb etishib chiqyaptimi? Endi etilganda agentlar yo'ldan chiqib miyasini aynitib boshqa jamoaga olib ketib qolyapti. OAVda ham katta ayb bor, to'g'ri ketayotgan bola havolanib ketadi. Lekin xorijda yulduzlik kasaliga jiddiy qarashadi. 2007 yil Aziz Haydarov va Sahob Jo'raevga “Bunyodkor” yaxshi taklif bilan chiqqan. Menimcha bunday jamoa yana bo'lmaydi. Selekciya to'xtamaydi. U yil davomida davom etaveradi. 

"Futbolimizning ertasi akademiyalarga bog'liq"

2010 yilgi mavsumda Oliy ligadan tushib ketgan “Lokomotiv” keyingi mavsumni quyi ligada o'tkazadi. O'sha yili Birinchi ligada Zayniddin Tojiev 30ta gol bilan to'purarlik qobiliyatini ko'rsatgani yodimizda. Bu paytga kelib hujumchi 35 yoshni qarshi olgan, bu yoshda ko'p futbolchilar butsalarini mixga ilardi. Demak hamma narsa yoshga bog'liq emas. Ravshan Muqimov bunga shunday javob berdi.

- Menimcha 30 yoshdan keyin qari deb faqat bizda gapirishadi. Odatda kimnidir yoshini yoki olayotgan puliga fikr bildirishadi. Biz o'zimizning ishimizni qilyapmiz. Nimanidir qilishdan oldin gaplashamiz. O'sha mavsum Baxtiyor Ashurmatov jamoamizdagi faoliyatidan keyin butsalarini mixga ildi. Xorijda pasportiga qarashmaydi. Yana bir hafa bo'ladigan tomonim, bir jamoada o'ynagan vafodor futbolchilarni qadrlashmaydi. OAVda ham kamchiliklar ko'p. Muammoni batafsil yoritib chiqmaysizlar. Jamoalar mehmonga kelishadi, biz ularga yaxshi sifatli maydon beramiz. Biz borsak esa maydonni holati achinarli. Ayrim stadionlarda ataylab o'tini kesishmaydi, suv sepmaydi. Maqsad raqib jamoa o'ynay olmasligi. Buni yo'qotishimiz shart. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Navbahor”, “Qizilqum”, “Qo'qon-1912”, “Turon”  maydonlari gap yo'q, borsangiz o'ti o'rilgan, suvi sepilgan bo'ladi. Yutuq bor joyda, kamchilik ham bor. Bitta men yoki siz gapirsangiz ish bitmaydi. Barcha birlashsa natija bo'ladi. “Lokomotiv”dagi orzuim akademiya qurish. Futbolimizni ertasi akademiyalarga bog'liq. Bora bora O'zPFL ham akademiyasi yo'q klublarni Superligaga qo'ymasligi ham mumkin.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика