Yaponiya. Musaev jamoasi durang, Tursunov jamoasi mag'lubiyat bilan boshladi
24 fev 2019 15:00
Yangiliklar


Yaponiya. Musaev jamoasi durang, Tursunov jamoasi mag'lubiyat bilan boshladi
Kecha Yaponiyada 2019 yilgi mavsum start oldi.
Yaponiya yuqori divizionida ishtirok etuvchi Fozil Musaev to'p tepayotgan "Jubilo Ivata" klubi o'z maydonida "Macumoto Yamaga" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Musaev 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Birinchi divizionda ishtirok etuvchi "Renofa Yamaguchi" esa o'z maydonida "Kashiva Reysol"ga yutqazib qo'ydi - 1:2. Mezbonlar safida Doston Tursunov to'liq o'ynadi.
Yaponiya. J liga. 1-tur
"Jubilo Ivata" - "Macumoto Yamaga" 1:1
Gollar: Kavamata 71 - Ivakami 8
"Jubilo Ivata" safida Fozil Musaev 81-daqiqada maydonga tushdi.
Yaponiya. J2 liga. 1-tur
"Renofa Yamaguchi" - "Kashiva Reysol" 1:2
Gollar: Yoshixama 8 - Kristiano 39, 79
"Renofa Yamaguchi" safida Doston Tursnov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar