Yangi mavsumdagi ilk "El Klasiko"ning boshlanish vaqti va sanasi aniq!
24 sen 22:22
Yangiliklar


Yangi mavsumdagi ilk "El Klasiko"ning boshlanish vaqti va sanasi aniq!
2025/26 yilgi mavsumning birinchi "El Klasiko"sining sanasi va vaqti elon qilindi.
"Real" va "Barselona" La Liganing 10-turida o'zaro uchrashadi. O'yin 26 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi va mahalliy vaqt bilan soat 16:15 da (Toshkent vaqti bilan 20:15 da) boshlanadi.
O'tgan mavsumda jamoalar barcha musobaqalarda 4 marta o'zaro to'qnashdi. Barcha o'yinlarda "Barselona" g'olib chiqdi, umumiy hisob - 16:7.
La Liganing joriy mavsumida "Real" 6 o'yinda 18 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" esa 5 ochko orqada qolib, ikkinchi o'rinda kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar