Yamal "Real"ga qarshi o'ynashi kutilmoqda
07 okt 21:50
Yangiliklar
Yamal "Real"ga qarshi o'ynashi kutilmoqda
Lamin Yamal "El Klasiko"da ishtirok etishi mumkin. Avvalroq "Barselona"ning qanot hujumchisi chov sohasidagi noqulaylik tufayli Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqarilgan edi. Kataloniya jamoasining bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 18 yoshli futbolchining "Real"ga qarshi o'ynashi yoki o'ynamasligi noaniq ekanligini aytgan edi.
Marca nashri xabar qilishicha, Yamal imkon qadar tezroq maydonga qaytish uchun jadal tiklanish jarayonidan o'tmoqda. Klubdagilar uning 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishini kutishmoqda, ammo u butun o'yin davomida maydonda bo'lmaydi.
Shunday qilib, agar hech qanday asorat yuzaga kelmasa, Lamin "Olimpiakos" va "Real"ga qarshi o'ynaydi - bu o'yinlar mos ravishda 21 va 26 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar