Xristo Stoichkov: "Atletiko"ning La Ligani olmasligi uchun bitta falokatning o'zi kamlik qiladi"
01 fev 2021 08:58
Yangiliklar
Xristo Stoichkov: "Atletiko"ning La Ligani olmasligi uchun bitta falokatning o'zi kamlik qiladi"
"Barselona" sobiq forvardi Xristo Stoichkov katalaniyaliklarning 2020/21 yilgi mavsum La Ligadagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Bu juda qiyin. Biz realistik bo'lishimiz kerak. Biz ko'p ochkolar bilan ortda qolmoqdamiz. "Atletiko" yuqori darajada.
Ular juda ham oldinda va bitta o'yin kam o'tkazishgan. "Atletiko"ning La Ligani olmasligi uchun bitta falokatning o'zi kamlik qiladi.
Barselonachi, sherik va sobiq o'yinchisi sifatida men "Barsa"ning g'alabasini xohlayman, ammo imkoniyat yo'q bo'lsa, yaxshi ishlar olib borgan boshqa jamoani tabriklashimiz kerak, shunday emasmi? Xuddi oldingi yillar "Barsa"ning yaxshiroq ekanligini tan olishganidek", - deydi Stoichkov.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" La Ligadagi so'nggi 16ta o'yinda 15ta g'alabaga erishdi. "Matraschilar" "Real" va "Barsa"dan 10 ochko oldindalar va jamoa bitta zaxira o'yiniga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar