Xose Anxel Sanches. Bugungi "Real"ning haqiqiy arxitektori
14 iyu 2019 16:17
Yangiliklar
Xose Anxel Sanches. Bugungi "Real"ning haqiqiy arxitektori
Bular Florentino Peres, Zinedin Zidan va Xose Anxel Sanches. Prezident, murabbiy va ijrochi direktor. "Real"ning ko'plab ishqibozlari Xose Anxel Sanches haqida hech narsa bilmaydi. Biroq u klubdagi ko'p masalalarni hal qiladi. Bugun unga nega haykal qo'yishlari kerakligi haqda bilib olamiz.
"Futbol akulalari orasida hayot kechiruvchi faylasuf" - deya tarif bergandi ABC kanali Sanchesga.
"Real" qanday o'zgardi?
Xose Anxel Sanches 52 yil oldin Segoviya (Madridga tutash shahar)da dunyoga kelgan. Falsafa-gumanitar fakultetini yakunlagan.
2000 yilda Florentino Peres bilan "Real"ga kelgan. Uning asosiy vazifasi klub marketingida katta to'ntarish amalga oshirish edi. Bugun "Real"ning yillik daromadi deyarli 800 mln. evroni tashkil qiladi. Peres va Sanches klubga kelganida bu raqamlar sezilarli darajada past edi. 1999/00 yillarda - 118 mln. evro, ammo klubning 300 mln. evrodan ortiq qarzi bo'lgan.
2000 yilning yozida Florentino Peres yana bir bor "Real"ning prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi. 1995 yilda u saylovlarda 622ta ovoz farqi bilan Ramon Mendosaga mag'lub bo'lgan. Keyingi saylovda u klubning asosiy muammosi - qarzlarni yopib berishni vada qilgan. Bundan tashqari jamoaga Figuni olib kelishini aytgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun unga aynan Xose Anxel Sanches kerak edi. U marekting bo'yicha klub direktori etib tayinlandi.
34 yoshli Sanches o'sha kungacha futbolda ishlamagandi. Universitetda falsafani o'rganganidan so'ng u Yaponiyaning Sega kompaniyasini cho'qqiga olib chiqdi. Sanches qisqa vaqt ichida kompaniyaning janubiy Evropadagi filiali direktoriga aylandi va uni koncernning eng ko'p daromad keltiradigan filialiga aylantirdi.
Peres Sanches oldiga katta vazifa qo'ydi: "Real"ni dunyoning eng ko'p daromad keltiradigan klubiga aylantirish.
Sanches revolyuciyasi
Buni amalga oshirish uchun moliyaviy inqirozdan chiqib ketish yo'lini topish kamlik qilardi. Raqiblardan muvaffaqiyatliroq bo'lish lozim edi. Masalan, moliyaviy imkoniyati juda katta bo'lgan "Manchester Yunayted"dan.
Futbol o'sha paytlar hozirgidagi kabi biznes bo'lmagan. Ammo Xose Anxel Sanches bu sportni haqiqiy biznesga aylantirgan.
"Real" endi Toledo, Segoviya, Valyadolid va Mursiyada 30talab o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmayapti. Endi "Qirollik klubi" Tokio, SHanxay, Nyu-York va Los-Anjelesda bir necha millionlik uchrashuvlarda maydonga tushmoqda. Sanchesning ilk ishlaridan biri - Osiyo bozoriga chiqish bo'lgan. Bu ish avvaliga juda ko'p tanqid qilingan. Endi esa hamma shunday qilmoqda.
Peres har yili bittadan yulduz xarid qiladi, Sanches esa bu xaridlarga pul topadi.
"Real" Santyago Bernabeuning 50 yillardagi strategiyasiga qaytmoqda. Mashhur nomlar odamlarni uchrashuvga tashrif buyurishga majbur qiladi. Muxlislar foyda olib keladi. Daromad esa mashhurlarni sotib olishga imkon beradi.
Sanches "Real"dan afsona, savdo markasini yaratmoqda. Sanches 2000 yillarda "Real" "Uolt Disneyning yangi imperiyasi" bo'lishi kerakligini aytganida, kimdir kulgan edi. Ammo bugun u haq bo'lib chiqqanini ko'rishimiz mumkin. "Real" "Forbes"da chop etilgan dunyoning eng qimmat klublari reytingida etakchi.
Sanches o'z nutqlarida Disney nomini ko'p tilga olardi. Umuman olganda u doimo kinosanoatdan olingan terminlarni ko'p ishlatgan. Sanches uchun futbol - ko'ngilochar sanoat. Bugun buni oddiy qabul qilayotganimiz 15-20 yil oldin revolyuciya bo'lgan.
Mashg'ulot bazasining sotilishi klubga 480 mln. evro daromad keltirgan. Sanches klubga futbolchilar imijidan foydalanish huquqini qaytardi. Marketing strategiyasini ishlab chiqdi.
Titul homiyni izlash strategiyaning eng muhim qismi. Ammo Sanches shoshilmagan. Uy uchun texnika ishlab chiqaradigan Teka nomli nemis kompaniyasi bilan xayrlashgan "Real" har qanday taklifga rozi bo'lmadi va 2001/02 mavsumni titul homiysiz boshladi. Bir yil o'tib, 2002 yilning yozida Siemens bilan shartnoma imzolandi. Bu nemis koncerni bir necha marta katta, nufuzli edi, ammo informacion texnologiyalar rivojlanish asrida texnologik gigant bo'lgan. O'sha paytlarda Evropa klublari uchun reklama takliflari narxlari pasayib borardi, 2002 yilda avvalgisiga qaraganda 20% pasayish kuzatilgan. Biroq Sanches bu vaziyatda ham g'alaba qozongan. U ajoyib shartnoma imzolashga muvaffaq bo'lgan.
Aqlli markenting bilan birgalikda amalga oshirilgan superyulduzlarning transferi klubni moliyaviy va sport jihatdan birinchi o'rinlarga olib chiqdi. "Bekxemning transferi markenting tufayli bizga 600 mln. evro foyda keltirgan" - degandi Sanches. Transferning o'ziga 35 mln. evro sarflangan.
"Yakuniy hisobda siz dunyoning eng mashhur 6 brendidan biri bo'lishingiz kerak. Muxlislar doimo mahalliy jamoalardan va dunyoning eng yaxshi olti klublaridan birini qo'llab-quvvatlaydi. Biz bu poziciyani egallashimiz lozim" - degandi Sanches 2004 yilda. 15 yil o'tib "Real" - butunjahon futbol brendiga aylandi.
Prezidentlar almashadi, Sanches qolaveradi
"Xose Anxel bilan suhbatlarimiz OAV uchun bo'lmagan" - degandi El Pais jurnalisti Diego Torres.
Sanches klubda o'tkazgan vaqti davomida umuman intervyu bermagan. Bazida u o'z fikrini bildirardi, biroq hech qachon jurnalistlar bilan uzoq suhbatlar uyushtirmagan.
Florentino Peres 2006 yilda prezidentlikdan ketganida, Xose Anxel Sanches Ramon Kalderon qo'l ostida ishlashda davom etdi. Sanches aloqalari tufayli yangi prezidentga foyda keltirgan. Biroq transferlar bilan Predrag Miyatovich shug'ullangan.
2009 yilda Florentino Peres qaytdi va Xose Anxel Sanches prezidentning o'ng qo'liga aylandi. Peres "Barselona"da Xosep Gvardiola nomli yulduz paydo bo'lganida qaytdi.
Bu ikki rahbarning asosiy maqsadi - "Real"ning etakchi poziciyalarga qaytarish edi. Bu safar sport jihatidan.
O'sha yozda Krishtianu Ronaldu, Kaka, Xabi Alonso va Karim Benzema "Real" futbolchilariga aylanishdi. "Barselona"dan kuchliroq bo'lish uchun bu ham etarli bo'lmaganida, kelasi yozda o'sha paytda dunyoning eng yaxshi murabbiyi Joze Mourinyu klubga olib kelindi. Mourinyu ichki muhitni buzganidan so'ng, tinchlik sevar Anchelotti bilan shartnoma tuzildi. "Yumshoq ko'ngllik"da ayblangan Karlodan so'ng "Real"ni Rafael Benites boshqardi. Natijalar yaxshi bo'lavermagach, kiyinish xonasida katta obro'ga ega bo'lgan Zinedin Zidan bosh murabbiyga aylandi.
2011 yilda Florentinoning yana bir yordamchisi bo'lgan Valdano klubdan haydalganidan so'ng, uning o'rnini Sanches egalladi - klubning bosh direktoriga aylandi. U o'shandan beri faqat shartnomalar yangilash, transferlar va ijaralar bilan shug'ullanmoqda.
Maoshlar siyosati
Klubning qoidalaridan biri - maoshlarning aniq siyosati. "Maoshlarni ko'targandan ko'ra, yangi futbolchi sotib olgan maqul" - degandi Florentino Peres 2014 yilda. O'shanda Anxel Di Mariya jamoani tark etgan edi. "Di Mariya moliyaviy talablarini ko'rsatdi, klub esa buni bajara olmasdi. Biz unga avvalgisidan yaxshiroq bo'lgan bitim taklif qildik. Ammo u rad etdi. Krishtianudan tashqari hech kimda bunday maosh yo'q. Agar biz uning shartlariga rozi bo'lganimizda, klubning moliyaviy barqarorligida muammolar yuzaga kelgan bo'lardi". Peres Sanches tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga amal qildi - klubdagi maoshlar chegaradan chiqib ketmagani tufayli "Real" dunyoning eng boy klubiga aylandi. Peresning aytishicha, bu tijoriy sog'lomlikning belgisi. Klubdagilar uchun harajat daromadning 70%dan oshib ketmasligi kerak. 2005 yildan boshlab "Real"ning natijasi 52%dan oshmadi. Bu strategiyasiz dunyoning eng boy klubiga aylanib bo'lmasdi.
Ha, bu erda bo'lgan bazi bir voqelarni eslash mumkin. Masalan, Makelele ko'proq maosh olishni istagan, ammo Peres unga rad javobini bergandi. Yoki O'zilni eslang, "Arsenal" unga "Real"ning yangi taklifidagi maoshdan ko'proq pul to'lashga tayyorligini bildirgan.
Transferlar siyosati
SHunday qilib, O'zil o'rnini Beyl, Di Mariyanikini esa Xames egalladi.
Garet Beyl transferini hisobga olmasak, "Real" 2009 yildan beri transferlarda adashmayapti. Mashhur Luka Modrich va Toni Kroos, yoshroq Isko, Dani Karvaxal, Varan, Kasemiro, Asensio.
Xose Anxel Sanches doimo soyada qolib ketayotgan bo'lsada, u klubga katta foyda keltirmoqda.
Fikrlar