So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Xorijda to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning o'yiniga sharh Yangiliklar

Xorijda to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning o'yiniga sharh

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
 28-sentyabr kuni Rossiya Premer-Ligasida 9-tur o'yinlariga start berildi.

Moskvaning Lokomotiv klubi azosi Vitaliy Denisov mazkur turda o'z uyida Amkarga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Temiryo'lchilarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Denisov to'liq 90 daqiqa o'ynagan.

Krasnodar klubi o'z maydonida Tulaning Arsenal klubini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi. Krasnodar safida asosiy tarkibda maydonga tushgan Odil Ahmedov to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

UFA klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin mazkur turda safarda Mordoviyaga qarshi o'yinning asosiy tarkibida maydonga tushib 56 daqiqa harakat qilgan. O'yinda UFA 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

JANUBIY KOREYA
 28 sentyabr kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 28-tur bahslari bo'lib o'tdi. Seongnam klubida o'ynayotgan milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov ushbu turda safarda Busan klubiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Jeparov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

QOZOG'ISTON
 Qozog'iston Premer-Ligasida pley-off bahslari davom etmoqda. 28 sentyabr kuni safarda Qayrat klubiga qarshi maydonga tushgan Aktobe klubi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Temur Kapadze uchrashuvda 40 daqiqa harakat qildi. SHaxtyor safida to'p surayotgan ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar - Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomovlar mazkur turda maydonga tushirilmadilar.

XITOY
 28 sentyabr kuni Xitoy Superligasi 26-turt doirasida Jiangsu - CHangchun Yatay klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov CHangchun safida mazkur uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. O'yinda Anzur Ismoilov jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

BAA
 26 sentyabr kuni BAA Pro-Ligasida 3-tur o'yinlariga start berildi. Dubayning Ash SHabob klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda jamoasi safida o'z uyida Al Nasr klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa to'p surdi. Ash SHabob uchrashuvda 2:1 hisobidagi g'alaba qozongan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика