So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Superliga. "Xorazm"ning 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Mashal" bilan bahsda yakunlandi Yangiliklar

Superliga. "Xorazm"ning 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasi "Mashal" bilan bahsda yakunlandi

Superliga 10-turi doirasidagi "Xorazm" - "Mashal" o'yini bo'lib o'tdi.


 “Xorazm” — “Mashal” 3:0

18.05.2025. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 20:15

Hakamlar: Shavkat NasibullaevSardor Hakimov, Daniil YacenkoMuntoz Toshmurodov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Asker Najafaliev

AVAR hakami: Roziyabonu Yusupova

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Shahrom Samiev 7, - 1:0 (Vladimir Bubanya). Xazratjon Tursunqulov 18, - 2:0 (Sunnatulla Abdullajonov). Sunnatulla Abdullajonov 58, - 3:0 (Humoyunmirzo Iminov).

"Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Temurbek Ismailov (18.Francis Narx, 65), 8.Xazratjon Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (5.Dilshod Jo'raev, 65), 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov (4.Farruxjon Ibrohimov, 88), 77.Sunnatulla Abdullajonov (79.Azizjon Ahrorov, 88), 88.Abror Xo'sinov, 99.Shahrom Samiev (10.Murodbek Bobojonov, 83)

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 20.Danila Ejov, 22.Sanjar Shoaxmedov,

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov (18.Dilshod Rahmatullaev, 63), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (30.Shoxnazar Norbekov, 70), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev (9.Ibrohim G'anixonov, 63), 28.Ergash Ismoilov, 96.Ibrohim No'monov

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 6.Javohir Abdualimov, 17.Anvar Murodov, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 

2025 yilgi Superliganing dastlabki ikki turida ikkita g'alabaga erishgan "Xorazm" shundan keyin ketma-ket 6 ta turda g'alaba qozona olmagan edi.

90+8. Uchrashuv yakunlandi, "Xorazm" - "Mashal" 3:0

90+7. ZARBA! Ibrohim No'monovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

90+3. ZARBAAAA! Bu safar Iminovning zarbasi darvoza ustunga tegib qaytdi!

90+1. ZARBAAAA! Bobojonov hozir birga bir vaziyatga chiqib noaniq zarba berdi, agar Ahrorovga uzatganida hisob o'zgarardi

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarishlar. "Xorazm". Abdullajonov va Tursunov o'rniga Ahrorov va Ibrohimov tushdi  

86. ZARBAAAA! Hozirgina maydonga tushgan Bobojonov o'ng qanotdan Narx tomonidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabondan superseyv! 

83. O'zgarish. "Xorazm". Samiev o'rniga Bobojonov tushdi

81. ZARBA! Dilshod Rahmatullaevning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

76. Penalti yo'q, Uchrashuv davom etadi.

72. Penalti? "Mashal"da burchak to'pi, zaxiradan tushgan Norbekov boshi bilan darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytardi, qaytgan to'p Jo'raevga tegib maydonga qaytdi. Shu vaziyatda to'p Jo'raevning qo'liga tekkandek ko'rindi va bosh hakam VARni taxminan 4 daqiqa davomida tingladi. VAR orqali penalti yo'qligigiga ishonch hosil qildi va o'yin davom ettirildi.

70. O'zgarish. "Mashal". Sharipov o'rniga Norbekov tushdi

65. O'zgarishlar. "Xorazm". Azimov va Ismoilov o'rniga Jo'raev va Narx tushdi

63. O'zgarish. "Mashal". Mamatxo'jaev va Abduraimov o'rniga G'anixonov va Rahmatullaev tushdi

62. ZARBAAA! Samiev hozir dubl qayd etishi mumkin edi, uning zarbasi yo'liga Hamroev to'g'anoq bo'ldi

58. GOL! Iminovdan to'pni qabul qilib olgan Abdullajonov raqib jarima maydoni ichida bir himoyachidan o'tib kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi - 3:0. 

56. GOL! Abdullajonovdan to'pni qabul qilib olgan Iminov birga bir vaziyatdan gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi 

47. "Mashal"ning hujumi, chap qanotdan Sharipov tepgan to'pni Muhammadjonov ushlab oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi

39. "Xorazm" yana burchak to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Dostonbek Tursunov darvoza tomon yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan Ergash Ismoilov to'pni qaytarib yubordi!

31. ZARBAA! O'ng qanotdan Mamatxo'jaev uzatgan to'pni Murtozaev jarima maydoni ichida egallab darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytarishga erishdi!

20. UXXX! Darvoza to'sini! "Mashal"ning javob hujumi, Islom Sharipovning to'p uzatishidan keyin Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! 

18. GOL! Sunnatulla Abdullajonov bilan "devor" uslubida kombinaciya tashkil etgan Xazratjon Tursunqulov jarima maydon ichidan gol urdi - 2:0. 

12. ZARBA! "Xorazm"ning hujumi, Abror Xo'sinovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan tugadi, Umidjon Hamroev to'pni qaytardi!

7. GOL! Ismoilov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Bubanya to'pni darvoza yoniga tashlab berdi Samievning chap oyoqda yo'llagan zarbasi golga aylandi - 1:0. 

2. "Xorazm" burchak to'piga ega bo'ldi. Iminovning uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'llay olishmadi

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика