Xoland: “Otam ikkala golimni ko'rganidan xursandman”
08 avg 2022 08:20
Yangiliklar
Xoland: “Otam ikkala golimni ko'rganidan xursandman”
APL 1-turida “Manchester Siti” Erling Xolandning dubli evaziga “Vest Xem”ni safarda 2:0 hisobida engdi.
Angliya chempionatidagi rasmiy debyuti omadli boshlangan Xoland o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yaxshi start. “Bavariya”ga qarshi mavsumoldi o'yinda potencialimizni ko'rdik, “Liverpul” bilan bahsda esa u biroz pastroq edi. Biroq, o'yindan-o'yinga kuchayib boriladi.
Ko'proq gol urishim mumkinmidi? Ha. Gyundoganning pasini samarali yakunlashim kerak edi. Bularning barchasi mashg'ulotlarda sinab ko'riladi. Vaqt o'tishi bilan barchasi joyiga tushadi.
Xursandman. Otam ikkala golimni ko'rganidan baxtiyorman. Musobaqa debyutanti sifatida bu men uchun muhim lahza.
Oxirgi golimga deyarli 30 daqiqa bo'ldi, shu yo'sinda davom etishim kerak”, deydi norvegiyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar