Xoland "Man Siti"ning yiliga 27-28 mln evrolik ilk shartnomasini rad etdi. U "Real"dan taklif kutmoqda
26 mar 2022 15:28
Yangiliklar
Xoland "Man Siti"ning yiliga 27-28 mln evrolik ilk shartnomasini rad etdi. U "Real"dan taklif kutmoqda
"Manchester Siti" va "Real" Erling Xoland uchun kurashmoqda.
O'tgan haftada Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi "Man Siti"ning haftasiga 600 ming evrolik taklifini rad etdi. O'yinchi bunday holatda yiliga 27-28 mln evro ishlab olardi. Bu yakuniy rad javobi emas.
Norvegiyalik "Real"dan taklif kutmoqda. Xolandning qarori faqat moliyaviy holatga bog'liq bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa, u allaqachon "Man Siti" bilan shartnoma imzolagan bo'lardi.
"Real" Xoland bilan shartnoma imzolashni xohlaydi, ammo har qanday narxga emas.
21 yoshli forvard joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar