So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Xenk Ten Kate: "Lokomotiv"ga o'tgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz" Yangiliklar

Xenk Ten Kate: "Lokomotiv"ga o'tgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz"

OCHLning 1-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Xenk Ten Kate va hujumchi Sebastyan Talyabue ishtirok etdi.

"Ertaga har ikkala jamoani ham qizqarli uchrashuv kutib turibdi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak. CHunki o'tgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz. "Lokomotiv" o'zbekistonning eng kuchli jamoasi. So'nggi yillarda bu klub OCHLda muntazam ravishda o'ynab kelmoqda. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. "Lokomotiv"ning bazi o'yinlari va Superkubokdagi o'yinlarini ko'rdim. SHunga yarasha biz taktik o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Biz uchun eng muhimi ijobiy natijaga erishish. Toshkentga mavjud bo'lgan eng kuchli tarkibni olib keldik. Ertaga mana shu futbolchilarning kuchidan foydalanib ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz", - deydi Xenk Ten Kate.

"Avvalo shuni aytishim kerakki, OCHL har doim juda qiyin bo'lgan. Bu katta musobaqa hisoblanadi. Ertga esa guruh bosqichining birinchi turida o'ynaymiz. Raqib bu yil hozircha bitta rasmiy o'yin o'tkazdi. Balki "Lokomotiv" jismoniy tomonlama yaxshi holatda bo'lishi mumkin, ammo biz ko'plab o'yinlar o'tkazdik va o'yin amaliyoti bo'yicha biz ustunroqmiz. Bizda shuningdek yangi murabbiy ish boshladi. Bu murabbiy kelgach o'yinimiz ancha yaxshilandi. SHunga ko'ra ertaga yaxshi natijadan umid qilsak bo'ladi", - deydi Sebastyan Talyabue.



- O'tgan mavsum bu ikki klub bir guruhda bo'lgan va "Lokomotiv" ham, "Al Vahda" ham guruhda qolib ketgan. Bu yil jamoa oldiga OCHLda aynan qanday maqsad qo'yilgan? Bilamizki BAA klublari OCHLga u qadar katta ahamiyat berishmaydi.
- Men ortga qarashni yoqtirmayman, kelajakni o'ylayman. O'tgan yilgi voqea o'tib ketdi. Bu menga qiziq emas, faqat kelajkka qarayman. Bilaman, ertaga oson bo'lmaydi. Dastlabki o'yinlarni yutib keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Hozirgi eng asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish.

- Siz kelganingizdan keyin jamoa uslubingizni o'zlashtirib oldimi?
- Albatta biz nimanidir o'zgartirishg harakat qildik. CHunki har bir murabbiy jamoa o'yinini o'zgartiradi. O'ylaymanki, biz yaxshi o'ynayapmiz. Bu haqida futbolchidan ko'proq so'rash kerak. CHunki ular maydonga tushib o'ynaydi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика