So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Xenk Ten Kate: "Bugun juda ahmoqona xato qildik" Yangiliklar

Xenk Ten Kate: "Bugun juda ahmoqona xato qildik"

"Lokomotiv" - "Al Vahda" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Xenk Ten Kate ishtirok etdi.

"O'yinning dastlabki 25 daqiqada nimalar bo'lganini unchalik tushunmadik. Etibor qilgan bo'lsangiz aynan 25 daqiqada birinchi o'zgarishni amalga oshirdik. Birinchi gol juda g'alati bo'ldi, "Lokomotiv"dagi 5-raqamdagi himoyachi boshi bilan yaxshi o'ynay olishini bilardik, ammo shunga qaramay uni qo'yib yubordik va shuning oqibatida gol o'tkazib yubordik.

Ikkinchi gol esa qo'shimcha daqiqalardan urildi. Tan olish kerak juda chiroyli va yaxshi zarba bo'ldi. SHu bois ham 0:2 hisobida mag'lub bo'ldik. Raqib jamoani g'alaba bilan tabrikladik", - deydi Xenk Ten Kate.



- BAA klublari o'zbek klublari bilan o'yinlarda doim muammolarga duch keladi. O'zaro natijalarda ham ustunlik o'zbek klublari tomonida. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Bilmayman. Men faqat o'z jamoam haqida gapirishim mumkin. Biz juda ham ahmoqona xato qildik. Balki O'zbekistonga kelib BAA klublari yutqazishi mumkin, xuddi shunday o'zbek klublari ham BAAga borganda yutqazadi. Ikkinchi taymda biz o'yinni boshqarganimiz xursand qildi. Tezkor goldan so'ng taktikamiz ham o'zgarib ketdi. O'ylaymanki o'z maydonimizdagi o'yinda yutsak barchasi yaxshi bo'ladi. Balki ob-havo ham tasir qilgan bo'lishi mumkin, bu er sovuq ekan.

- Jamoa himoyasi haqida qanday fikrdasiz? Halil va Talyabue sizning oldingizda urishib ketdi.

- Ikkalasi urishib ketdi? Men arab tilini bilmayman shu bois nimalar deyishganini bilmayman. Mendan nima eshitishni xohlaysiz? Biz faqat o'yin haqida gaplashamiz.


Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика