Xarri Maguayr faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
06 okt 01:03
Yangiliklar
Xarri Maguayr faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayrga Saudiya Arabistonining "Al Nassr" va "Al Ittifoq" klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining hozirgi jamoasi bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, avvaliga bitim o'tgan yozda yakunlanishi kerak edi, ammo tomonlar uni 2025/2026-yilgi mavsumga uzaytirish imkoniyatini faollashtirgan. Mankunianliklar futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirmasligi kutilmoqda.
Maguayr "Manchester Yunayted" safida 2019 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Himoyachi bu vaqt ichida barcha turnirlarda 253 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 13 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar