Xames Rodriges deyarli "Atletiko"ga o'tib bo'ldi
12 may 2020 11:30
Yangiliklar
Xames Rodriges deyarli "Atletiko"ga o'tib bo'ldi
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges klubdan ketadi.
Jurnalist Xaver Ernandes Bonettaning xabariga ko'ra, "Atletiko" 28 yoshli kolumbiyalik uchun kurashda etakchilik qilmoqda.
Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar, Xamesning "Atletiko"ga o'tishi 80%ga hal bo'lgan.
Kolumbiyalik futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Oldinroq, "Atletiko"ning Xames uchun 25 million evro to'lashga tayyorligi aytilgandi.
Xames joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yin (8tasi asosiyda)da maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Xavbek o'zining La Ligadagi so'nggi o'yinini 19 oktyabrda o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar