Xabib Nurmagomedov Alonso haqida: "Bir yil oldin uni yalinib-yolvorib chaqirishgandi, endi esa ishdan xaydashdi. Hammasi taltayib ketgan bolalar tufayli"
13 jan 23:35
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov Alonso haqida: "Bir yil oldin uni yalinib-yolvorib chaqirishgandi, endi esa ishdan xaydashdi. Hammasi taltayib ketgan bolalar tufayli"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Xabi Alonsoning "Real Madrid" bosh murabbiyligidan ketishiga munosabat bildirdi.
"Sadoqatga teng keladigan narsa yo'q. Bir yil oldin uni yalinib-yolvorib chaqirishgandi, endi esa ishdan xaydashdi. Hammasi taltayib ketgan bolalar tufayli. Xabi, sen eng zo'risan.
Zalmi yoki futbol maydoni – farqi yo'q. Agar sen murabbiy sifatida o'z zalingdagi jangchilarga gapingni o'tkaza olmayotgan bo'lsang, sizlar aniq birga davom ettira olmaysiz. Mening fikrimcha, Xabi Alonso dunyodagi eng zo'r uchta murabbiydan biri. Jamoaning ishi yurishmayotgan bo'lsa, murabbiyni emas, futbolchilarni almashtirish kerak. Dunyodagi birorta murabbiy bunday futbolchilar bilan natija qila olmaydi. Injiq futbolchilardan voz kechish kerak" - deya yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Alonso va "Real" o'rtasidagi shartnoma dushanba kuni tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan bekor qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar