So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Xabi Alonso: “Zidanning o'sishidan hayratdaman” Yangiliklar

Xabi Alonso: “Zidanning o'sishidan hayratdaman”

“Real”ning sobiq yarim himoyachisi va ayni paytda “Bavariya”da o'ynayotgan Xabi Alonso “Onda Cero” nashriga intervyu berib, kelajakdagi rejalari va sobiq klubi xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

– “Bavariya” bilan shartnomangiz 2017 yilda tugaydi. Kelajakka qanday rejalaringiz bor?
– Ayni paytda faqat futbol haqida o'ylayapman. O'zimda bor narsadan rohatlanishni istayman. Mavsum yakunida bu mavzuni klub rahbariyati bilan muhokama qilamiz.

– “Real” Zidan boshchiligida qanday o'yin ko'rsatmoqda?
– U juda tajovuzkor jamoa, albatta yaxshi taraflama aytyapman. Madrid klubi Zidan qo'l ostida himoyani unutmasdan pozicion hujumlar vaqtida ehtiyotkor harakat qiladigan jamoaga aylandi. Zidanning o'sishidan ajablandim desam ham bo'ladi. U CHempionlar ligasida zafar quchdi va hozir La Ligada yakka peshqadamlik qilyapti.

– U Krishtianu Ronalduni markaziy hujumga qo'yayotganiga qanday munosabat bildirasiz?
– Ronaldu allaqachon bu rolga ko'nikkan. Ammo Krishtianu uchun bu qadrdon poziciya emasligini aytib o'tish lozim. U qanotlarda o'ynashni istaydi, bu ko'rinib turadi. Uning sezish qobiliyati meni hayratlantiradi. Ronaldu doim to'p qaerga borishi mumkinligini biladi. U ko'p gollarni to'pga birinchi tegishdayoq uradi.

– Sobiq jamoangizdan kimlar bilan muloqot qilib turasiz?
– Luka Modrich, Serxio Ramos va Nacho bilan.


– “Real” o'yinchisi sifatida “Kamp Nou”ga birinchi tashrifingizni eslaysizmi?
– Buni unutish mumkin emas. O'sha o'yin boshidanoq biz uchun yaxshi kechmadi. Uchrashuv ortida shunchaki uch ochkodan ko'proq narsa turardi, axir bu muhim to'qnashuv. “Real”dagi faoliyatimga muvaffaqiyatli baho bergan bo'lardim. O'z vazifamni bajardim, jamoa bilan CHempionlar ligasida zafar quchdim. “Real” futbolchisi sifatida buni amalga oshirmasang, o'zingni noqulay sezasan.

– “Barselona” Xosep Gvardiola ketgandan keyin qanday o'zgardi?
– Hozir jamoaning qarshi hujumlarda ancha yaxshi harakat qilayotgani aniq. Luis Enrike sxemani o'zgartirdi. SHunga qaramay, Gvardiola davrida jamoa pozicion hujumlarda yaxshiroq o'ynagan deb hisoblayman.

– Joze Mourinoga qanday munosabatdasiz?
– U Madrid jamoasi uchun juda muhim murabbiy bo'lgandi. U ustozim bo'lgani sababli himoya qilganman. Gap Jozeda emas, balki mening o'zimni tutishimda. Uning o'rnida boshqa mutaxassis bo'lganda ham shunday yo'l tutardim.

– “Leypcig”ning Bundesligada peshqadamlik qilayotganiga qanday munosabatdasiz?
– Bu jamoa har qanday raqibni asabiylashishga majbur qiladi. “Bavariya” Bundesligada peshqadamlik qilishga o'rgandi, ammo joriy mavsumda ushbu klubni quvib o'tish uchun jiddiy intilishimizga to'g'ri keladi.

– “Bavariya”ning hozirgi holatini qanday baholaysiz va Karlo Anchelottining Mourino va Gvardioladan ustunligi nimada?
– Hozir jamoamiz mashg'ulot jarayoni tarafdan o'zgarishlarni boshdan kechiryapti. O'yinimizni yaxshilash uchun uch hafta vaqtimiz bor. Anchelottining uslubiga kelsak, u Mourino yoki Gvardiola taklif qilgan narsadan katta farq qilmaydi.

– “Liverpul”ni tez-tez eslab turasizmi?
– Bu klub yuragimda alohida o'rin egallaydi. Bu jamoada o'tkazgan davrim faoliyatimda muhim o'rin tutadi. Aynan Angliyada birinchi farzandim dunyoga keldi. Bu mamlakat bilan meni ko'plab iliq xotiralar bog'lab turadi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика