Xabi Alonso – rekordchi!
24 fev 11:09
Yangiliklar
Xabi Alonso – rekordchi!
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning safardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 28 uchrashuvga etkazdi (20 g'alaba, 8 durang).
U bu borada murabbiylar orasida Bundesliga rekordini o'rnatdi.
22 fevral kuni Germaniya chempionatining 23-turida "Xolshtayn" va "Bayer" jamoalari o'zaro bellashdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Alonso jamoasining safardagi so'nggi mag'lubiyati 2023 yilning 27 may kuni "Boxum"ga qarshi o'yinda (0:3) qayd etilgandi.
"Bayer" Bundesliganing joriy mavsumi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda (14 g'alaba, 8 durang, 1 mag'lubiyat). "Bavariya" bilan oradagi farq besh ochkoni tashkil etadi, ammo myunxenliklarda bitta zaxira o'yini ham mavjud.
Avvalroq Xabi Alonso rekordni takrorlagani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar