So’nggi yangiliklar

12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  2 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0

"Vodiy futboli". Maxstaliev, Ubaydullaev va Olimov "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Maxstaliev, Ubaydullaev va Olimov "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi

Vodiy futboliga oid bugungi yangiliklar bilan tanishtirib o'tamiz.
"Andijon": Abdumalik Abdullaev: "Sobiq jamoamga qarshi bahsda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman"

Xabar qilganimizdek, 16 may kuni Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo'ladilar. Yani “Andijon” va “Navbahor” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Mazkur derbiga “Andijon”ning tayyorgarligi jiddiy davom etmoqda. Bu yil “Andijon” safida to'p surayotgan futbolchilar orasida “Navbahor”ning sobiq o'yinchilari ham bor. Sanjar Asqaraliev va Abdumalik Abdullaev o'z vaqtida “Navbahor”da faoliyat olib borishgan. Ayniqsa, Abdullaev bu yil andijonliklar tarkibiga qo'shilguniga qadar faqat “Navbahor” sharafini himoya qilib kelgan. Sobiq jamoasiga qarshi o'yinga hujumchi o'zgacha ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda.

- Derbi uchrashuvlari doim qiziqarli, shiddatli hamda kurashlarda boy tarzda o'tadi, - deb so'zini boshladi Abdumalik Abdullaev. - Ilgari “Navbahor” safida “Andijon” va “Neftchi” jamoalariga qarshi derbi bahslarida maydonga tushganman. Mana endi sobiq klubimga qarshi o'ynashga tayyorgarlik ko'ryapman. Bu o'yinda o'zimni ko'rsatishga bor kuchim bilan harakat qilaman. CHunki derbi o'yinida har qanday hujumchi gol urib jamoasiga g'alaba keltirishni xohlaydi. 16 may kuni juda qiziqarli o'yin bo'ladi.

"Qo'qon-1912": "SHo'rtan" bilan o'yinga chiptalar sotuvga chiqdi

Xabaringiz bo'lsa kerak, "Qo'qon-1912" kelayotgan shanba oqshomida "SHo'rtan"ni qabul qiladi. Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan mazkur uchrashuvning boshlanish vaqti malum bo'ldi. "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" o'yini 16 may kuni soat 17:00 da boshlanadi. Aytish lozimki, chiptalar bugundan sotuvga chiqdi.Narxlar odatdagidek ikki xil bo'lib, 5000 va 10000 so'mdan qilib baholangan. Siz chipta olmadingizmi? U holda shoshiling.


"Neftchi": Maxstaliev, Ubaydullaev va Olimov "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi

Oliy liga 9-turi doirasida peshqadam "Neftchi" Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 16 may sanasida “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Malumki, farg'onaliklar yil boshida “sherlar”dan Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev va Abdulloh Olimovlarni ijaraga olgan edi. “Neftchi” matbuot xizmatining bizga malum qilishicha, ushbu futbolchilarning ijara shartnomasida “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushmasliklari ko'rsatilgan. Yani, har ikki klub shunday kelishgan. Demak, shanba kungi uchrashuvda bu o'yinchilar “Neftchi” safida o'ynamaydilar.

“Neftchi” futbolchilari Toshkentga etib kelishdi va “Rohat” mehmonxonasiga joylashishdi. Murod Ismoilov o'z shogirdlari bilan bugun kechqurun CHilonzordagi “Paxtakor”ga qarashli suniy maydonda engil mashg'ulot o'tkazadi.

“Navbahor”: Azamat Bobojonov mashg'ulotlarga qaytdi

O'tgan mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubida o'tkazgan yarim himoyachi Azamat Bobojonov yil boshida “Navbahor”ga o'tgan edi. Qishki yig'in davomida olgan jarohati tufayli o'ynay olmayotgan futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi. Uning qachon maydonga tusha olishi malum emas. Yarim himoyachi bu mavsum Oliy ligada hali o'ynamagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика