So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Vladimir Ejurov: "Xatolarimiz yo'q emas. Muhimi, g'alaba qozondik" Yangiliklar

Vladimir Ejurov: "Xatolarimiz yo'q emas. Muhimi, g'alaba qozondik"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vladimir Ejurov Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

"So'nggi matbuot anjumanida ham aytganimdek, hozirda qiyin vaziyatdamiz. Yigitlar ham buni tushunib turgandi. Ularning fikrlashini tubdan o'zgartirishimiz talab etilardi. Tezkor hujum va standart vaziyatlardan samara chiqara oldik. Buni raqibni o'rganish chog'ida futbolchilarga aytgandik.  Xatolarimiz yo'q emas. Eng muhimi, g'alaba qozondik. Qaysidir vaziyat o'xshadi, qaysidir biri o'xshamadi. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Vladimir Ejurov

- Jamoada penaltini tepadigan futbolchi bormi?

-  SHahzod Ubaydullaev penaltilarni ijro etayotgandi. Lekin so'nggi o'yinlardagi omadsizlikdan so'ng bugun Abror Ismoilov penaltini tepishga qaror qildi. Abror Ismoilovdagi vaziyat futbolda bo'lib turadi. U jamoaning etakchilaridan biri. Bu borada mashg'ulotlarda yana izlanamiz. 

- O'yinda yakuniy qarorni kim qabul qilyapti? Jamoada bosh murabbiy kim?

- Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko. Mening vazifam unga yordam berish. 

- "Neftchi" tarkibida debyutini o'tkazgan Nodirxon Nematxonovning o'yinini qanday baholaysiz? 

- Nematxonov dastlabki o'yinini o'tkazdi. To'g'ri, unga tajriba etishmayapti. Bu tabiiy holat. Unga etarlicha imkoniyat beryapmiz.  Bu katta masuliyat talab qiladi. Nodirxon tezkor futbolchi. Uning yorqin kelajagi borligi shubhasiz. 

Qizil kartochkalarga kelsak, murabbiylar shtabi bu borada ishlaydi. Ishlashda davom etsak, g'alabalar hali ko'p bo'ladi. 

Bizda tajribali va teng kuchli darvozabonlar bor. Yo'lga qo'yilgan kamchiliklarni tahlil qilamiz. O'ylaymanki, futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvlarda bunday xatolarga yo'l qo'yishmaydi. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Barcha jamoa xato qilishi mumkin", dedi Ejurov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика