So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Vladimir Ejurov: "Qizil kartochkagacha raqibdan ustun edik" Yangiliklar

Vladimir Ejurov: "Qizil kartochkagacha raqibdan ustun edik"

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar murabbiyi Vladimir Ejurov fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Yigitlarga qo'rqmasdan, munosib o'ynashlari kerakligini uqtirgandik. Ayrim futbolchilar cho'chib o'ynaganday tuyuldi. Birinchi taym biz xohlagandek kechmadi. Ikkinchi taymga kelib, o'zgarishlar qildik. Qizil kartochkagacha raqibdan ustun edik. 

0:1 hisobidagi holatdan chiqib ketish mumkin edi. Ammo afsuski, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. 

O'yinchilar bilan quyushqondan chiqish masalasida gaplashib olamiz, chunki ketma-ket ikkinchi o'yinda o'yinchimiz maydondan chetlatilmoqda, bu juda qoniqarsiz hol. 

Bizda potenciali yuqori bo'lgan futbolchilar bor. Keyingi o'yinlarda ijobiy natija ko'rsatamiz degan umiddaman.

- Jamoaning bugungi o'yinidan xulosa qiladigan bo'lsak, yaqqol hujumchi etishmaganday tuyuldi. Bu holatni qanday izohlaysiz?

- Buni biz ham ko'rdik. Futbolchining darajasi qiyin lahzalarda o'zini ko'rsata olishi bilan baholanadi. Aynan shu tufayli biz ikkinchi taymda Izzatilla Abdullaev va Sunnatulla Abdullajonovni maydonga tushirdik. Ko'rganingizdek, shundan so'ng ustunlikka erishdik va vaziyatlar yarata boshladik. Hujumlarni yakunlashda oqsadik. 

Ha, bugungi "Paxtakor" darajasi yuqori ekanligi ko'rindi. Biz ham o'z ustimizda ishlab, yuqori saviyaga ko'tarilish uchun mehnat qilamiz.

- Jamoaning Superligada qolish imkoniyatlari borgan sari pasayib boryapti. 15 kunlik tanaffusda qandaydir rejalar ishlab chiqilganmidi?

- Bizda ishonch bor. Yigitlar mehnat qilayotganini ko'ryapmiz. O'yin ham yorqin ko'rinishga kirib bormoqda. SHunchaki ochko ishlay olmayapmiz. "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ham bir kishi kam bo'lib qolgandik. Bugun 2 ta faktor – ruhiy jihat va chetlatish tufayli mag'lubiyatga uchradik. Maqsadimiz – futbolchilarimizning qarashlarini o'zgartirish. Agar buni qila olsak, ochko to'play boshlaymiz. 

- Abror Ismoilov nega maydonga tushmadi? Bu uning "Paxtakor"dan ijaraga olingani bilan bog'liqmi? 

- Ha, u "Paxtakor"ga tegishli. Kelishuvda shu narsa ko'rsatib o'tilgan. Bunday darajadagi futbolchi maydonga tushganida, bizga faqat foyda bo'lardi. Ammo kelishuv shunday, bunga ko'nishga majburmiz.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика