So’nggi yangiliklar

11:22"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4

Vitaliy Levchenko: "Paxtakor"ni uyimizda qabul qilib, muxlislarga g'alaba taqdim etamiz degan umiddaman" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Paxtakor"ni uyimizda qabul qilib, muxlislarga g'alaba taqdim etamiz degan umiddaman"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Neftchi" (3:3) bahsidan so'ng farg'onaliklar ustozi fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'ylaymanki, jamoalar chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Xabaringiz bor, "Qo'qon-1912", "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yinlar hamisha qizg'in kechadi. Muxlislar bugun 6 ta gol guvohiga aylanishdi. Sifatli futbol namoyish etildi. SHu bois xafa bo'lmaymiz va o'ziga yarasha xulosa chiqaramiz. 

O'zbekistonda o'zimni uyimdagidek his qilyapman. Tojikiston va O'zbekiston bir xil mamlakat, hech qanday farq yo'q. Madaniyatimiz, mentalitetimiz o'xshash. Men mehmonda emas, o'z uyimdaman. Menga bu erda ancha qulay, moslashish uchun ham hech qanday vaqt kerak emas.

Transferlarga kelsak, biz yangi futbolchilarni jalb qildik. Biroq bir muammoga duch keldik, yani faqat 5 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilgani bois imkon qadar o'zimiz ehtiyoj sezayotgan poziciyalarda o'ynaydigan futbolchilarni safimizga qo'shib oldik. 

Abror Ismoilov nega o'zgartirildi? CHunki u uzoq vaqt davomida safimizda emasdi. Unga moslashib ketish uchun vaqt kerak. O'ylaymanki, u – asosiy tarkib azosi.

Qizil kartochka bo'yicha hakam qabul qilgan qaror bo'yicha fikr bildira olmayman. U voqeaga yaqin hududda edi. Menimcha, unga VAR orqali ham xabar berishgan. Bizga qiyin bo'ldi, lekin bu – futbol.

Afsuski, futbol xatolardan iborat. Kim kamroq xato qilsa, o'sha yutadi. Xatolarni muhokama qilmoqchi emasman. Biz darvozabonimiz ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligi uchun uni qo'llab-quvvatlashimiz zarur. Hamma ham xato qiladi. To'g'ri xulosa chiqaramiz.

Umid qilamanki, jamoamizning "Paxtakor"ga qarshi navbatdagi uchrashuvi o'z maydonimizda o'tadi. CHunki buni muxlislar ham intizorlik bilan kutishmoqda. Ularga rahmat! Bugun ham bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi. "Paxtakor"ni uyimizda qabul qilib, muxlislarga g'alaba taqdim etamiz degan umiddaman", – dedi Levchenko.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика