Vitaliy Levchenko: "O'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz"
05 okt 22:12
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "O'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz"
"Derbi bo'lganligi uchun qiyin o'yin bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Muxlislarni tabriklayman", - dedi Vitaliy Levchenko g'alabadan so'ng.
- Chempionat yakunlanishiga kam vaqt qoldi. "Nasaf" bo'lsa kecha ochko yo'qotdi. "Neftchi" peshqadam poziciyasiga ko'tarilib olish ehtimolini qanday baholaysiz?
- Biz o'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz. Barcha jamoalar ochko yo'qotishadi. Biz o'zimizning ochkolarimizni yig'ib yurishimiz kerak. Har doim o'yindan o'yinga harakat qilamiz. Hozir esa keyingi uchrashuvga etibor qaratishimiz kerak.
- FIFA kunlarida "Neftchi" o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadimi?
- Ha, rejamizda bor. O'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish maqsadidamiz.
- Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi haqida qanday fikrdasiz?
- Izoh berishim shart emas. Associaciya bor va bunga javobgar insonlar bor. Oldinda mundial. Kannavaro muxlislar va rahbariyat ishonchini oqlaydi degan umiddaman. Jahon chempionatida yaxshi natija qayd etilishiga tilakdoshman.
- Marushich kam o'ynamoqda. Unda jarohat bormi?
- Ha. U endigina jarohatdan tiklanmoqda. FIFA kunlaridagi tanaffus davomida to'liq tiklanib ulguradi degan umiddamiz. Keyingi uchrashuvlarda maydonga qaytib qoladi.
- Muxlislarga tilaklaringiz bormi?
- Bu juda yoqimli. Ikki sektor muxlislar ko'z oldida o'ynadik. "Andijon" muxlislari ham o'z jamoasini yolg'izlatib qo'ymadi. Bugungi atmosfera Chempionlar ligasi uchrashuvlarini eslatib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar