So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Vitaliy Levchenko: "Dinamo"ning turnir jadvalida bizdan yuqori ekanligi futbolchilarga qo'shimcha motivaciya berdi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Dinamo"ning turnir jadvalida bizdan yuqori ekanligi futbolchilarga qo'shimcha motivaciya berdi"

Bugun Superliga 7-turning "Dinamo" va "Neftchi" o'rtasida qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida farg'onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yin haqida ko'p ham gapirmoqchi emasman. Faqat shuni aytishim mumkin, stadionda ajoyib muhit bo'ldi. Muxlislarga ham qoyil. Kerakli o'yinda g'alaba qozondik. Bu biz uchun oldinga harakatni anglatadi.

- "Neftchi" yaxshi o'ynadi. Gap-so'zlarga qaraganda, bu Siz uchun oxirgi imkoniyat edi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Bilasizmi, har bir mish-mishga izoh berish yoki to'xtalish mening vazifamga kirmaydi. Bizda klub rahbariyati bor va bunday savollarga rahbariyat javob beradi. Mening ishim esa jamoani tayyorlash. Men mish-mishlarga ishonmayman va ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatmay qo'yganman.

- Jamoangizning bugungi holatini qanday baholaysiz?

- Ishlashda davom etyapmiz, to'xtab qolganimiz yo'q. Futbolda past-balandlar uchrab turadi. Muhimi, ishlashdan to'xtab qolmaslik darkor. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi. Yutsang xursand bo'lasan, yutqazsang xafa. Lekin har ikki holatda ham o'yinni tahlil qilishga to'g'ri keladi.

- "Qizilqum" bilan bahsda nima o'xshamagandi?

- Biz Navoiyda g'alabaga erta ishonib yubordik. Kutilmaganda standart vaziyatdan gol o'tkazib g'alabani boy berdik. Bugungi bahsda esa yanayam diqqatli bo'lishga harakat qildik. Qolaversa "Dinamo"ning turnir jadvalida bizdan yuqori ekanligi ham futbolchilarimizga qo'shimcha motivaciya berdi.

- Islom Ismoilovning "Neftchi"da ish boshlaganiga qanday munosabat bildirasiz?

- Murabbiylik oson emasligini hamma biladi. Sen doim mehnatda bo'lishing shart. Islom Ismoilov haqida iliq fikrlar ko'p yangrayapti. U bunga loyiq, chunki Osiyo chempionatida g'olib chiqdi. Ammo Islom yosh va bu yutuq bilan to'xtab qolishi kerak emas. Har bir qo'lga kiritilgan yutuq o'z navbatida tarixga aylanadi. Shuni unutmaylik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика