Vinisius "Real" bilan 2028 yilga qadar shartnomani uzaytiradi. Maosh - bonuslarsiz yiliga 5,5 mln evro
06 noy 2021 18:47
Yangiliklar
Vinisius "Real" bilan 2028 yilga qadar shartnomani uzaytiradi. Maosh - bonuslarsiz yiliga 5,5 mln evro
Yarim himoyachi Vinisius Junior mavsum so'nggida "Real" bilan shartnomani uzaytiradi.
Yangi kelishuv 2028 yilga qadar mo'ljallanadi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.
Braziliyalik hozirda 3,5 mln evro maosh olmoqda. Yangi shartnomaga ko'ra, u yiliga kamida 5,5 mln evro oladi. Bu miqdor bonuslar bilan sezilarli darajada oshishi mumkin.
Vinisiusning "Real" bilan shartnomasida tovon puli 1 milliard evro etib belgilandi.
Futbolchi joriy mavsum "Real" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar