Vinisius muxlislar munosabati sabab "Real"ni tark etishga qaror qildi
20 jan 12:24
Yangiliklar
Vinisius muxlislar munosabati sabab "Real"ni tark etishga qaror qildi
Bu haqda "Topskills Sports UK" xabar tarqatdi.
Manba malumotlariga ko'ra, futbolchi "Santyago Bernabeu" stadionida ayrim muxlislar tomonidan bir necha bor hushtak chalinishi ortidan jamoadan jiddiy ravishda ko'ngli qolgan. Aytishlaricha, Vinisius o'z atrofidagilarga jamoadan ketish niyatida yurganini malum qilgan.
Qayd etilishicha, klub ichidagi vaziyatni bir qator Evropa grandlari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan, "Chelsi" braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirib, ehtimoliy transfer variantini ko'rib chiqmoqda.
Vinisiusning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 150 mln evroga baholamoqda.
Vinisius joriy mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
Винисиус жуда кучли ўйинчи, аммо характер етишмайди.