Vinisius Junior: "Men "Real"da Ronalduning o'rnini egallashim kerak"
01 iyu 2019 11:11
Yangiliklar
Vinisius Junior: "Men "Real"da Ronalduning o'rnini egallashim kerak"
"Real" hujumchisi Vinisius Junior kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Men har doim Zidan bilan gaplashaman va u menga doim kuchayishim kerakligini aytadi. Men yoshman, ammo tanimagan odamlarimning maslahatlarini eshitmayman. Men Evropaga ko'chib o'tib to'g'ri ish qildim deb o'ylayman. Krishtianu Ronaldu? U klub afsonasi. Men esa uning o'rnini egallashim kerak. Jamoaga yordam berish uchun qo'limdan kelgan barchasini qilaman", - deydi futbolchi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Vinisius "Real"ga "Flamengo" tarkibidan kelib qo'shilgan va shu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar