"Vilyarreal" muxlislari jamoa darvozabonini Kariusga qiyosladi
04 may 2022 20:28
Yangiliklar
"Vilyarreal" muxlislari jamoa darvozabonini Kariusga qiyosladi
Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi CHempionlar ligasi yarim final javob o'yinining birinchi bo'limida “Liverpul” darvoazsiga ikki gol urib, sensacion o'yin namoyish etdi. Ammo o'yinning ikkinchi bo'limining boshida ispan klubining darvozaboni Xeronimo Ruli xatoga yo'l qo'yib, Fabinoning zarbasini o'tkazib yubordi.
Raqibning ikkinchi golga nishoni ham aynan Rulining oyoqlari orasi bo'ldi, uchinchi golda esa Sadio Mane epchillik bilan harakat qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. "Sariq suv osti kemasi" muxlislarining hafsalasi pir bo'lganini tushunish mumkin, ular darhol Rulini 2018 yilda CHempionlar ligasi finalidagi xatolari bilan yodda qolgan nemis darvozaboni Loris Karius bilan solishtirishni boshladi.
"Bu Rulimi yoki Kariusmi?", "Ruli, oyog'ing orasiga to'r kerak" kabi gap-so'zlar orqali “Vilyarreal” muxlislarining hafsalasi pir bo'lganini uqib olish mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar