So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Viktor Kumikov: "Baribir Superliga va Pro-liga darajasi seziladi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Baribir Superliga va Pro-liga darajasi seziladi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Viktor Kumikov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Biz kubok musobaqalarida yurishimizni davom ettirmoqchi edik. Juda ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik. Superliga va Pro-liga darajasi o'yin borasida ko'zga tashlangani yo'q. Ammo, vaziyatlardan foydalanish mahorati bo'yicha mehmonlar ustunlik qilishdi. Etibor bergan bo'lsangiz, "Andijon"da 5-6 ta yaqqol golli vaziyatlar bo'ldi. Agar o'z imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalana olganimizda hisob boshqacha bo'lardi.

- Superliga va Pro-liga o'rtasidagi farqni sezdingizmi?

- Albatta, farq sezilmasdan qolmaydi. Oxirgi zarbalarni yo'llashda jamoalarning farqi ko'rinib turibdi. Boshqa istalgan Superliga jamoasi bilan o'ynaganimizda ham bizga kombinacion futbol taklif etgan bo'lishardi. Qiyin o'yin o'tkazdik. Futbolchilar o'zaro uzatmalarda va bo'sh xududlar yaratishda qiyinchilikka duch kelishdi. Pro-ligada daraja boshqa. Adashmasam, to'p ikki yoki uch marta mehmonlar himoya chizig'i vakillarining qo'liga tegdi. Bu ko'rinib turgan xolat edi. Vaziyatlarimizdan foydalanib gol urishimiz zarur edi.

- Farhod Sohibjonovning almashtirilishini qanday izohoaysiz?

- Sohibjonov zo'r o'ynadi, ammo o'sha vaqtda charchab qolgandi. To'plarga ulgurmay qolgani uchun almashtirdik. Axir zahirasiz o'ynay olmaymizku! SHundan kelib chiqib oldingi chiziqni kuchaytirish uchun Zafar Polvonovni maydonga tushirdim.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика