So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Viktor Kumikov: "Avval vazifamizni 100 foizga rasmiylashtirib olaylik" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Avval vazifamizni 100 foizga rasmiylashtirib olaylik"

“Andijon” hamda “Buxoro” (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

O'yin haqida

-  Bazi o'yinchilarimiz, masalan Milich biz bilan 10-15 kun birga shug'ullanmadi. SHunday vaziyatda ham o'yinni oxirigacha ushlab turdik va g'alabani saqlab qolishga erishdik. O'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Raqibni yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Hujumga va standartlarga ko'proq etibor qaratgan holda o'yin tashkil qildik. SHuningdek, qanotlardan ham hujumlarga o'tdik va bu o'z natijasini berib gol urdik. Eng asosiysi, vazifani bajardik. 

-  Muxlislarsiz o'yin yoqdimi?

-  Ishqibozlarsiz o'ynaganimiz albatta bilindi. Xuddi yig'in paytida o'ynagandek o'ynadik. Holbuki, muxlislar qarshisida baqir-chaqirlar bilan o'ynashning gashti boshqacha. 

-  “Andijon” 1-o'ringa yanada mustahkamlashdi. Hozirdan keyingi mavsum uchun rejalar tuzyapsizmi?

-  Kelinglar, avval vazifamizni 100 foiz rasmiylashtirib olaylik. Hozircha 90 foizga ega deb o'ylayman (kuladi). Yana ikkita o'yinni yutib olaylik, keyin rejalar haqida gaplashsak bo'ladi. Rejalar xususida oldindan biror nima deyish qiyin. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Ko'p narsa rahbariyatga bog'liq. 

-  Keyingi o'yin “Xorazm” bilan o'tadi. Bu uchrashuv ham qiyin bo'ladi...

-  Moliyaviy qiyinchiliklar bo'lishiga qaramay, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Boshqa jamoa shunday o'yin ko'rsatarmidi? Yigitlarimiz yaxshi ruhlanishi evaziga munosib o'yin ko'rsatishyapti. 

-  O'yin oxirida birdaniga 3 nafar futbolchini almashtirdingiz, bunday o'zgarishga kam qo'l urardingiz...

-  Bu taktik o'zgarishlar edi. Biz sxemani o'zgartirishga qaror qilgandik. Yoshlarga imkoniyat berdik. Axir ular ham o'ynashi kerak-ku! 

-  Stadion “projektori” nima bo'lyapti?

-  Albatta, “projektorlar” bilan muammo bor. Bizga yig'ilishda, kelasi yili agar stadionlar tayyor bo'lmasa, o'yinlarga ruxsat berilmasligini aytishgan. Bu erda klub rahbari Juratbek Dilshodbekovichga oson tutib bo'lmaydi. CHunki uning bir o'ziga qiyin. Superligada viloyat rahbariyati ham jamoaga katta yordam berishi kerak. Bitta odamni o'ziga oson emas. Agar viloyat rahbariyati ham yordam bersa, ko'p narsa yanada ijobiy tomonga o'zgarishi mumkin.  

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика