So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Viktor Karpenko: "Statistika shunchaki raqam. Bu faqat mutaxassislarga kerak" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Statistika shunchaki raqam. Bu faqat mutaxassislarga kerak"

Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Viktor Karpenko o'z fikrlarini bildirdi.




- Kubok o'yini bo'ldi. O'yinni yaxshi boshlay olmadik, tezda gol o'tkazib yubordik. Keyin tezda tenglashtirib oldik. SHundan so'ng o'yin ikki tomonlama o'tdi. "Lokomotiv" ko'proq to'p bilan bo'ldi. Biz esa yaxshi vaziyatni yo'qqa chiqardik. "Lokomotiv" ham yaxshi o'ynadi. Kubok o'yinida hamma oxirigacha kurashadi, yutishga intiladi. Penaltilar seriyasida esa bitta urolmadik va beshta o'tkazib yubordik.

- "Bunyodkor" bir hafta oldingi dastlabki o'yinda himoyaviy uslubni tanlagandi. Tushunarliki, unda jamoa bir kishi kam bo'lib qolgandi. Bugun esa futbolchilar soni teng bo'lsa ham yana himoyaviy o'ynadi. Bu "Bunyodkor"ning uslubimi?

- Bu uslub emas. SHunchaki raqibni darvozasidan uzoq tutib, bo'sh xududlarni nazorat qilishni istadik. Ha, yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi, ko'p hujum qildik. Lekin bo'sh xududlarni ishlatishga intildik. To'pni egallab olib, tezkor qarshi hujumlarga tayanish to'g'ri qaror edi. 

- Penaltilar seriyasi lotereyami yoki boshqa narsa?

- Penaltilarni mashg'ulot qilib bo'lmaydi. Ha, ayrim futbolchilar bor, penaltilarda xato qilmaydi, ularda seriyada katta tajriba bor. Biroq baribir kimdir xato qilishi kerak. Penalti - bu penalti. Menimcha, barchasi ruxiy holatga bog'liq. Futbolchi to'pni tepayotganda o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. O'yindan ham urolmaslik, penaltidan ham urolmaslik. Bilmadim... Omadli lotereya bo'lsa kerak.

- "Bunyodkor" statistikada raqibiga mag'lub bo'ldi. Jamoa o'yin bobida ham yutqazdi deb hisoblaysizmi?

- Menimcha unday emas. Hisobda yutqazganimizda o'yinda ham yutqazgan bo'lardik. Hisob durang bo'ldi. Agar yutqazganimizda o'yin bobida ham yutqazdik degan bo'lardim. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ularni ursak bo'ldi edi. O'yin yakunida Pobulich gol urganida biz bu narsalarni hisoblab o'tirmasdik. Futbol epizodlardan iborat: Sizning vaziyatlardan foydalanganingiz va foydalana olmagangingiz. Raqibdan bitta ko'p vaziyatni foydalansangiz, yutgan hisoblanasiz. To'pni ushlab turish, zarbalar - umuman barcha raqamlar mutaxassislarga kerak. Aytilganidek, o'yin esdan chiqadi, biroq natija qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика