Venger Kubarsining Lautaroga qarshi "podkati" haqida: "Men bunday penaltilarga va sekinlashtirilgan kadrlardan foydalanishga mutlaqo qarshiman"
07 may 15:04
Yangiliklar
Venger Kubarsining Lautaroga qarshi "podkati" haqida: "Men bunday penaltilarga va sekinlashtirilgan kadrlardan foydalanishga mutlaqo qarshiman"
Italiya jamoasi yarim finalning javob o'yinida 4:3 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi (birinchi o'yin – 3:3). Birinchi taymning so'nggi daqiqalarida hakam Shimon Marchinyak Pau Kubarsining Lautaro Martinesga qarshi "podkati" uchun milanliklar foydasiga 11 metrlik jarima to'pini belgiladi.
"Men bunday penaltilarga mutlaqo qarshiman va sekinlashtirilgan kadrlardan foydalanishga ham qarshiman.
Oddiy tezlikda bu ajoyib "podkat", u [Kubarsi] to'pga birinchi bo'lib etib keldi. Nima uchun u [Lautaroga] tegdi? Lautaroning nima qilganini ko'ring. U penalti ishlashga urinidi, chunki u gol ura olmasligini tushundi va yonida himoyachi borligini his qildi.
Hakam bu vaziyatda noto'g'ri qaror qabul qildi. U [Kubarsi] to'pga birinchi bo'lib etib keldi, men uchun eng muhimi shu. Qolganini Lautaro qildi. Kontakt bor-yo'qligi muhim emas, muhimi – kim to'pga birinchi etib kelgani", – dedi "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi beIN SPORTS efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar