Varan: "Fergyuson 2011 yilda men bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo Zidan sabab "Real"ga yo'l oldim"
17 avg 2021 14:14
Yangiliklar
Varan: "Fergyuson 2011 yilda men bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo Zidan sabab "Real"ga yo'l oldim"
"Manchester Yunayted" yangi o'yinchisi Rafael Varan manchesterliklar sobiq ustozi Aleks Fergyuson u bilan 2011 yilda shartnoma imzolashni xohlaganini aytdi.
"O'shanda bu borada ko'plab mish-mishlar bo'lgandi. 2011 yilda Aleks Fergyuson meni Angliyaga borishga ko'ndirish uchun onam bilan gaplashgandi.
Men o'z klubim ["Lans"] rahbariyati bilan gaplashganman va bu ajoyib imkoniyatligini tushunganman, ammo Zinedin Zidan sabab "Real"ga yo'l olganman", - deydi francuz.
Eslatib o'tamiz, Varan 2011-2021 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. U Madrid klubi bilan 4 bor CHempionlar Ligasida zafar quchdi. U yozda MYUga 40 mln evro evaziga o'tdi.
Fikrlar