Van Basten van Deyk haqida: "U dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin, lekin etakchi emas"
15 okt 10:52
Yangiliklar
Van Basten van Deyk haqida: "U dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin, lekin etakchi emas"
Yakshanba kuni Niderlandiya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Finlyandiyani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Marko van Basten ushbu o'yin haqida fikr bildirar ekan, Virjil van Deykda etakchilik xislatlari etishmasligi haqida gapirdi.
"Menimcha, van Deyk etakchi bo'lishi kerak. U namuna ko'rsatishi va harakatlantiruvchi kuch bo'lishi lozim. Men unda buni ko'rmayapman. Uning xarakteri menga yumshoq tuyuladi.
U ajoyib o'yinchi, ehtimol dunyoning eng yaxshi himoyachisi. U boshi bilan o'ynay oladi, tez, baland bo'yli va maydonni yaxshi ko'radi. Ammo u jamoani ortidan ergashtiradigan etakchi emas... va bu aslida jamoaga foyda keltirgan bo'lardi. Umid qilamanki, Arne Slot unga biror narsa o'rgata oladi," - dedi Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ziggo Sport efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
- Messi yaxshi futbolchi , lekin yetakchi emas, u huddi yosh bolaga oʻxshidi. Unda liderlik yoʻq !!! . dib ...
Liderlik hamagayamas ...
Hamayam 40 yoshda terma va klubini tortib yuromidi ...