So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Vali Keldiev: "Kimdir xato qilsa qandaydir shubha paydo bo'ladi" Yangiliklar

Vali Keldiev: "Kimdir xato qilsa qandaydir shubha paydo bo'ladi"

Oliy ligaga o'tish o'yini "Navbahor" - "Norin" (3:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi liga vakili bosh murabbiyi Vali Keldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- "Navbahor" ko'p yillik jamoa. Ular Oliy ligada qolish uchun jiddiy kurashishdi. "Norin" esa Oliy ligaga chiqish vazifasini bajarmoqchi edi. Ammo bu ishni uddalay olmadik. Bugungi bahsda jamoamiz yomon harakat qilmadi. Yaxshi  o'ynadik, ammo natija biz istagandek bo'lmadi. Jamoamiz o'yin tashkil etishda yaxshi harakat qildi, vaziyatlar yaratildi. Ammo hujumlarni samarali yakunlashda qiynaldik. "Navbahor" esa darvozamizni oson ishg'ol etdi.

- Darvozabon ikkita golda shubhali harakat qildi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Xato qilganidan keyin qandaydir shubha paydo bo'ladi. Futbolda oxirgi o'yinchi darvozabon hisoblanadi. Unda bosim yuqori bo'ladi. SHu bois darvozabonimiz bugun ko'proq bosim ostida qolgandek tuyuldi. SHuning hisobiga darvozabonimiz o'zini o'nglolmadi. Birinchi liga futbolchilari bo'lganliklari uchun ham yanada ko'proq bosimda o'ynashdi.

- O'yindan oldin jamoa rahbariyat bilan yig'ilish bo'ldimi? Agarda bo'lgan bo'lsa, unda yig'ilishda qaysi masalar muhokama qilindi?

- Jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifa Oliy ligada chiqish edi. Ammo "Navbahor" jamoasi tajriba evaziga bugungi bellashuvda g'alaba qozondi. SHu erda Oliy liga va birinchi liga tafovuti sezilib qoldi.

- O'tgan mavsum "Norin" uchun qanday o'tdi?

- Bu yilgi mavsum biz uchun yomon o'tmadi. Lekin yaxshi o'tdi deb ko'zlangan maqsadni oxirigacha etmaslik bizning futboldagi kasallik bo'lsa kerak. Agarda ko'zlangan maqsadimizga etganimizda, o'shanda yaxshi o'tdi deb bemalol aytsak bo'lardi.

- Jamoangiz bugun ko'proq 3-5-2 sxemasi harakatlandi. "Norin" har doim shu sxemada o'ynaydimi yoki faqat bugun shu uslubda o'ynadimi?

- Yo'q. Biz vaziyatdan kelib chiqib shu sxemada o'ynadik. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgandi va biz mag'lubiyatga uchrayotgandik.

- Jamoadagi kelajagingiz haqida nima deya olasiz?

- Hozircha bu nomalum. Kelasi mavsumda nima bo'lishini rahbariyat yig'ilish o'tkazsa gaplashib olamiz.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика