So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Vadim Abramov: "So'nggi pallada "Bunyodkor" Superligada ishtirok etishi malum bo'ldi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "So'nggi pallada "Bunyodkor" Superligada ishtirok etishi malum bo'ldi"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramovning kecha o'tkazilgan Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimidan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.

Quyida "Bunyodkor" ustozi so'nggi pallaga qadar hayajon bilan yakuniy qarorni kutishganini takidladi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Yana yangi format? Ochig'i, bilmadim. Bizga futbol o'ynash qolmoqda. Yana 14 jamoa bilan o'ynayveramiz. Biz nima ham qilardik? Bizga futbol o'ynash qolmoqda. Format va jamoalar soni o'zgarganini o'z mutaxassislari muhokama qilishsin. Biz esa jamoamizni mavsumga tayyorlaganimiz maqul.

Birinchi turni uyda yoki safarda o'tkazishning katta farqi yo'q. Jizzax bo'lsa Jizzaxda. "So'g'diyona" bilan yaxshi o'yin bo'ladi. Baribir barcha bilan o'ynab chiqishga to'g'ri keladi.

Endi tarkib borasida yakuniy to'xtamga kelish va kuchaytirishimizga umid qilamiz. Nihoyat bugun (tahrir: kecha) Superligada o'ynashimiz rasman malum bo'ldi. Bunga qadar har xil gap-so'zlar tufayli yangi futbolchilar bilan kelishish qiyin bo'layotgandi. Ko'plab futbolchilar "Bunyodkor" Superligada o'ynashiga ishonqiramay turishgandi. Endi imkon qadar yaxshiroq futbolchilarni jalb etishga urinib ko'ramiz", - dedi Vadim Abramov.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика