So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  6 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Vadim Abramov Samarqandda tarix yozadimi? "Paxtakor"da ortga yo'l qolmadi Yangiliklar

Vadim Abramov Samarqandda tarix yozadimi? "Paxtakor"da ortga yo'l qolmadi

O'zbekiston Kubogida yarim final bosqichi etib keldi.

Samarqandning "Dinamo"si va Toshkentning "Paxtakor"i to'qnashuvi musobaqaning asosiy intrigasiga aylandi. Abramov shogirdlari o'z tarixini yangilash arafasida turibdi, "sherlar" esa orqaga chekinishga yo'l qo'ymaydi.

"Dinamo"ning Superligadagi ishlari qanday ketyapti?

Birinchi davrani ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan "Dinamo" ikkinchi davrani unchalik barqaror boshlamadi. Oxirgi 6 uchrashuvda 2 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat – jami 9 ochko. Bu natija yomon emas, lekin yuqori maqsadlar uchun etarli ham deyish qiyin. Jamoa o'yinida mazmun bor, ammo Abramov zaxira masalasida qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Ayniqsa, mavsumning hal qiluvchi qismida rotaciyaga ehtiyoj ortishi tabiiy.

"Paxtakor" qayta kurashga kirdi

"Sherlar" ikkinchi davrada 14 ochko to'plab, sovrinli o'rinlar uchun qayta kurashga qo'shildi. "Neftchi" ustidan muhim g'alaba, OKMKga qarshi mag'lubiyat va G'uzorda yo'qotilgan ochko – ushbu yo'ldagi asosiy voqealar. Mavsum yakuniga qadar 8 tur qoldi, raqiblar bilan ochko tafovuti katta emas. "Neftchi"dan 5, "Nasaf"dan 9 ochko orqada. Asosiy raqobatchi sifatida OKMK va "Bunyodkor" ko'zga tashlanadi.


"Dinamo" tarixi yangilanadimi?

Samarqand klubi o'z tarixida beshinchi bor Kubok yarim finalida. Ilgari 4 marta ushbu bosqichgacha etgan, 2000 yilda "Do'stlik"ka qarshi finalda (1:4) maydonga chiqqan. Bu – klubning Kubok tarixidagi eng yaxshi natijasi bo'lib qolmoqda. Endi Abramov shogirdlari o'sha natijani yangilash imkoniyatiga ega.

Keling, o'sha final tarkiblariga nazar tashlaymiz:

O'zbekiston Kubogi 1999/2000 mavsum. Final

"Do'stlik" – "Dinamo" 4:1

29.06.2000. Toshkent. "Paxtakor" stadioni, 30 000 tomoshabin

Bosh hakam: Gali Imomov

Gollar: Jafar Irismetov (10, 68), Farid Xabibullin (24), Abduqahhor Marufaliev (87) – Oybek Usmonxo'jaev

"Do'stlik": Alisher Ahmedov, Fevzi Davletov, Rustam Shoymardonov, Baxtiyor Ashurmatov, Baxtiyor Qambaraliev, Oleg Sobirov, Muxtor Qurbonov, Pavel Kaygorodov, Abduqahhor Marufaliev, Farid Xabibullin, Jafar Irismetov.

Zaxiradan tushganlar: Alisher Bazarov, Vyacheslav Ponamaryov, No'mon Hasanov, Aleksey Jdanov.

"Dinamo": German Bezdenejnix, Rahmatullo Fuzaylov, Andrey Zaharov, Farhod Nurullaev, Sarvar Sharipov, Ilya Romas, Elshan Gambarov, Sherzodbek Sharipov, Oybek Usmonxo'jaev, Shuhrat Jabborov, Muxsin Muhammadiev.

Zaxiradan tushganlar: Ravshan Bazarov, Olim Tillaev, Ilhom Sharipov, Denis Gladkov, Azam Hafizov.


Kubok Toshkentga qaytadimi?

"Paxtakor" Kubok tarixida eng ko'p g'olib chiqqan jamoa – 13 marta. Ammo "sherlar" so'nggi marta 2020 yilda kubokni qo'lga kiritgan. Keyingi yillarda sovrin "Nasaf" va "Andijon" qo'lida bo'ldi. Chempionlik imkoniyatlari kamaygani bois Kamoliddin Tojiev shogirdlari uchun Kubok – OCHLga chiqishning asosiy yo'liga aylanishi mumkin. Bir o'yinlik to'qnashuvlarda esa har qanday natija qayd etilishi ehtimoldan xoli emas.

O'zaro bahslardagi ustunlik kimda?

"Dinamo" va "Paxtakor" Kubokda 6 marta kuch sinashgan, ustunlik poytaxt klubi tomonida. Biroq so'nggi yillarda Abramov jamoasi "sherlar" uchun noqulay raqibga aylandi. Oxirgi 5 bahsda "Dinamo" 2 marta g'alaba qozondi, "Paxtakor" faqat bir marta yuta oldi, yana ikki uchrashuv durang bilan yakunlandi. 2023 yilda aynan kubokda "Dinamo" chorak finalda "sherlar"ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi (3:2).


Xulosa

"Dinamo" va "Paxtakor" o'rtasidagi yarim final — bu shunchaki kubok bahsi emas. Bu tarix va nufuz, anana va yangilanish to'qnashuvi. Samarqandliklar uchun — yillar davomida orzu qilingan finalga qaytish imkoniyati, poytaxtliklar uchun esa — yo'qotilgan nufuzni tiklash va yana o'zini Kubok xoni hisoblanishini isbotlash imtihoni.

Bir o'yin taqdiri butun mavsumning manzarasini o'zgartirishi mumkin. Shu bois ham bu bahs nafaqat muxlislar, balki butun o'zbek futboli uchun katta intriga va hayajon bilan kutilmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
25 sen 12:53:38
TOMJIQ_OLOT
Тахминим: Финал. Андижон шаҳри, "Бобур Арена".
БУХОРО – ДИНАМО
+2   
25 sen 12:42:47
Рома
Жалоладдин Мухаммадович✈ foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу эски ўйинлан видео записн қайрдан топса бўлад
Эски видеони нима киласиз?Янги уйинни куриб мазза килинг.Оллох насиб этса галаба козонади Динамо.Унака аввалги кучли таркиб Динамода булмаган
+2   
25 sen 11:30:34
Faxriddin
Пахтакордан зушёр билинглар нима булса хам ютказиб куймасин
+1   
25 sen 11:56:17
Saidjahon
Холис мухлис сифатида айтаман Пахтакор финалга чикса кизикиш купрок булади чунки водийда Пахтакор мухлислари хам бор.
   
26 sen 07:28:38
Жалоладдин Мухаммадович✈
Рома foydalanuvchining fikriga javob berish
Эски видеони нима киласиз?Янги уйинни куриб мазза килинг.Оллох насиб этса галаба козонади Динамо.Унака аввалги кучли таркиб Динамода булмаган
Нимага 1999-2000 йилардахам кучли таркиб бўлган Динамода 2000 йил финалга чиқан. Шу вақитдаги футболчилар зўр эди. Энди бизлар катта ёшдаги мухлислар биламиз эски футболан
   
25 sen 11:42:35
Жалоладдин Мухаммадович✈
Шу эски ўйинлан видео записн қайрдан топса бўлад
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика