So’nggi yangiliklar

13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  3 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  1 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   19 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  18 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  9 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  7 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  8 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  18 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11

Vadim Abramov: "Nasaf"ni uzoqlashtirib yubormadik, hali umid bor" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Nasaf"ni uzoqlashtirib yubormadik, hali umid bor"

Superliganing 15-tur bahsidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob berdilar.

— Bugungi o'yinga izohlaringiz qanday?

— O'yin muxlislar uchun qiziqarli, murabbiylar uchun esa qiyin bo'ldi. Jadvaldagi etakchilar o'zaro to'qnashdi. Menimcha, bu bizning chempionat uchun yomon reklama emas. Boshqa tomondan, shunaqa o'yinda VAR yo'qligi achinarli holat. Haqiqatan ham hakamlar uchun qiyin bo'ldi, bu fikrga qo'shilaman. Chunki VAR bilan va VARsiz holat butunlay boshqa. Birinchi bo'limda qanday gollar o'tkazib yuborganimizni ko'rdingiz. Bizning darvozamiz oldida standartlardan tashqari boshqa xavfli vaziyatlar bo'lmadi. Lekin ikki standart vaziyat golga olib keldi. Bu esa achinarli. 2:2 hisobidan keyin bizda imkoniyat bo'ldi, gol ura olishimiz mumkin edi. Ammo, bu holatda ehtimol penalti ham bizga boshqacha o'yin ko'rsatishimizga halaqit bergandir. Chunki hisob 2:1 bo'lganida biz oldinga chiqdik, yigitlar bu hisobni saqlab qolmoqchi bo'lishdi, afsuski, bu uddalay olishmadi. Shunga qaramay, yigitlarga va stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytish kerak. Yigitlarga rahmat, sababi jadval o'ta zich. O'zim ham qanday qilib kuchimiz etganiga hayronman. Bolalar so'nggi kuchlari bilan harakat qilishdi — bu aniq ko'rinib turgandi. Mirahmadovning tizzasida ham muammo bor. Endi dam olib, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'ramiz.

— Sizdan oldin Ro'ziqul Berdiev savollarga javob berdi. U sizni va jamoangizni maqtadi. Shuningdek, Ratinoni ham etirof etdi, uni Akmal Mozgovoyning o'rnini egallashi mumkin deyishmoqda.

— Balki ular qiziqayotgandir, lekin Ratino bizning futbolchimiz. Menimcha, u shartnoma oxirigacha bizda qoladi. Shartnoma tugaganidan keyin ularning qiziqish bildirishi — bu boshqa masala. Biz ham o'z etakchilarimizni saqlab qolishga harakat qilamiz. Hali vaqt ko'rsatadi. Meni nima uchun maqtadi? Ehtimol, uni 10 yildan beri yuta olmaganim uchun bo'lsa kerak (zalda kulgu).

— Bugungi o'yinda Mirahmadov jarohat oldi. Bundan oldin Mustafoev va Maykon ham safdan chiqdi. Qizig'i, ular to'qnashuv oqibatida emas, o'zidan-o'zi jarohat olmoqda. Bu jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyning xatosimi yoki maydon noto'g'ri tanlanmoqdami? Eshitishimcha, jamoa mashg'ulotlarni juda qattiq stadionda olib bormoqda. Jamoa futbolchilari bu stadionga kelganda biroz qiyinchilikka uchramoqda.

— Bu juda katta savol, qisqacha javob berishga harakat qilaman. Haqiqatda, shunaqa sug'orilgan maydon tufayli jarohatlar ko'payib ketmoqda. Suv juda ko'p, to'pni erga tashladim — suv sachradi. Hayron bo'ldim. Biz mashg'ulotni doim quruq maydonda o'tkazamiz, bunaqa ho'l maydonda hech qachon o'ynamaymiz. Bu shikastlanishlarga sabab bo'lyapti. Ko'rib turibsiz, oddiy joyda futbolchi sirpanib ketdi. Yana jadval ham tig'iz — bu ham jarohatlarning ko'payishiga olib kelmoqda. Yaxshisi, maydonni ozgina sug'orsinlar — meyorida.

— Jamoa "Navbahor" va "Bunyodkor"ga qarshi yomon o'yin ko'rsatdi, yutqazdi, odamlar jamoa o'z marrasiga etib kelganini aytishdi. Ammo, bugun etakchilarga qarshi o'ynashdi. Buni ijobiy natija deyish mumkinmi?

— Aniq bir narsa deyish qiyin. Men eng ko'p "Bunyodkor" bilan o'yindan keyin xafa bo'ldim. O'yin shunaqa bo'lib qolgandi. Esingizda bo'lsa, "Paxtakor" – "Neftchi" o'yini ham shunaqa bo'lgandi. "Dum-dum-dum" — to'rtta gol. Bunaqasi bo'lib turadi. Ehtimol, bizda pasayish davri bo'lgandir. Bugun bunga munosib javob bera olganimiz uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Kuchli jamoa mag'lubiyatga qanday javob berishni bilishi kerak. "Bunyodkor"dan keyin Qo'qonda qiyin o'yin o'tkazdik va o'n kishi bo'lib g'alaba qozondik. Bu narsalar tasir qiladi. Shundan keyin safardan qaytdik, "Neftchi"ni qabul qildik — o'yinda xatoliklarga yo'l qo'ydik. Ularning nomi bizga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin, ularga o'ynash imkonini berdik. Bugun ham 2:1 hisobida oldinga chiqqanimizdan keyin bosimni saqlab qolmasdan, raqibga o'ynash imkonini berib qo'ydik. Kuch — cheksiz emas. Raqibni uzoqlashtirib yubormadik, ikkinchi davrada kurashni davom ettirishga umid bor.

— Kojo bo'yicha savol bermoqchi edim. Uning Erondagi ishlari uncha yaxshi emas. "Istiqlol" uni ijaraga berish haqida o'ylamoqda, "Nasaf" ham bunga qiziqish bildirmoqda. Hujumdagi muammolarga qaraydigan bo'lsak, "Dinamo" ham uni ortga qaytarish variantini ko'rib chiqmayaptimi?

— Variantlar ko'p emas, chunki Kojo uchun pul to'langan. Agar "Nasaf" shu miqdorda yoki undan ko'proq pul to'lay olsa, u holda ular uni sotib olishadi. Bilmayman, ularda shunday xohish bormikin. Afsuski, biz Kojoni xarid qilish uchun hozircha bunday pulni topa olmaymiz. Chunki Kojoning maoshi ham juda katta — biz buni ko'tarishimiz qiyin masala. Agar "Nasaf" ko'tara olsa, unda barakalla.

— Ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish haqida nima deya olasiz?

— Tarkibni kuchaytirish doim bo'ladi. Biz bir hujumchi, bitta tayanch zonasi yarim himoyachisi va bir qanot himoyachisini olishimiz kerak. Chunki Mustafoev uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu uchta poziciyani birinchi navbatda to'ldirish kerak. Rejamiz bo'yicha 14 iyul kuni Belarusga uchamiz. U erda Belarus Premer-liga jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini reja qilganmiz. Tayyorlanamiz. Taqvim og'ir: kelamiz va darhol — "Navbahor", "Paxtakor" va OKMK. Qayta-qayta yuklama bo'ladi. Shu sababli kuchayish shart, zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilar bo'lishi kerak.

— Bugungi o'yinda VAR bo'lmagani haqida nima deysiz?

— Bilmayman nima sababdan VAR yo'q. Axir etakchilar o'ynayapti, lekin VAR yo'q — bu mutlaqo mantiqsizlik. Bu holatda hakamga ham bosim katta. VAR bo'lsa, bu bir xil hakamlik, VARsiz butunlay boshqacha. Bu o'yinimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Nimaga shunaqa bo'ldi, bilmayman. O'yin bitta kameradan translyaciya qilindi? Chempionat bizni shunchalik hurmat qiladiki, bizni ikkinchi o'rinda bo'lishimizni ham taxmin qilishmagan.

Reyting: +6   

Fikrlar

+2   
07 iyu 08:12:23
Фарход
Карленовичга Рахмат жанговор жамоа тузди, Динамо да химоя ни мустахкамлаш зарур, мана 5 та уйинда 12 та гол, бу куп
+1   
07 iyu 09:54:07
Shovruq88
gegemon Dinamo!
+1   
07 iyu 08:06:05
Аих
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Насафга бор кучни сарфлаб пастдагиларга 3 очко совға қиласан
Олдинлари насаф шунака еди
+1   
07 iyu 07:19:39
Y@Go_6060
Динамо олга
+1   
07 iyu 05:57:33
Saidjahon
Менимча 2 даврада Динамога 2 уринни саклаб колиш жудаям кийин булади.Навбахор Пахтакор Бунёдкор узига келиб олди буёкда Сугдиёна Нефтчи ОКМК 2 даврага бошкача кайфиятда тайёргарлик куришмокда.Супер лигамизда ракобат кучайиб боряпти.
   
07 iyu 08:44:45
Jasurbek Norbotayev
katta gapirma 5 ta klub bitta yutuq bilan sendan otib ketisharkan ja balandayammassan
-1   
07 iyu 08:28:24
Sodiq Nazarov
Аих foydalanuvchining fikriga javob berish
Олдинлари насаф шунака еди
Лекин ҳар сафар кучли учликда қоларди ёки кубок суперкубок ютарди фарқи бор
-1   
07 iyu 07:42:19
Sodiq Nazarov
Насафга бор кучни сарфлаб пастдагиларга 3 очко совға қиласан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика